Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/392
Sana15.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#450057
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   392
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
377
dafn etilganligi anglatiladi. Keyingi baytlarda Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma’nolarga to‘la 
asarlarini xazinalarga o‘xshatib ta’riflaydi. Kimki bu xazinaga o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lsa, falak uning 
boshiga toshlar yog‘diradi. Ular orasidan do‘stlar gavhar, dushmanlar esa chaqirtosh topadilar. Ana shu 
gavhar, durlar ko‘ngilga o‘rnashsa; uni xazinaga aylantiradi, deydi shoir. 
8. Hinduyi zod – Navoiy Hindistonda yashab ijod etgan, Nizomiydan so‘ng «Xamsa» yaratgan 
Xusrav Dehlaviy (1253–1325)ni ko‘zda tutadi. 
9. Xizr – afsonalarga ko‘ra, «Obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik 
yuradigan sirli karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr g‘oyibdan paydo bo‘lib, yo‘ldan adashgan 
musofirlarga ko‘mak etuvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok timsoli hisoblanadi. Bu 
yerda bir necha tashbih ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr payg‘ambarga, Hindistonni 
qora tunga o‘xshatadi. Bunda xalqining rangi qora bo‘lganiga hamda Xizr zulmat ichida hayot 
bulog‘ini topganlngiga ishora qilinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she’riyati ana shu afsonaviy hayot 
bulog‘iga nisbat beriladi. 
10. Chashmai hayvon – tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq. Uni qora zulmat mamlakatidan 
Xizr qidirib topgan, deydilar. 
11. Qaqnus – afsonaviy qush. Uning tumshug‘ida ko‘p teshiklar bor bo‘lib, ulardan taralgan hazin 
ovozlardan musiqa yaralar emish. Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Qaqnusning go‘zal tasivirini 
beradi. Unga ko‘ra, Qaqnus Hindistonda bo‘lar, baland daraxtlar boshiga in solar ekan. Bu qush umri 
bo‘yi xas-xashak, cho‘p, terib, katta xirmon yig‘ar, hayotining oxirida shu xirmon ustida hazin ohang 
bilan sayrar ekan. Uning dilkash navosini eshitgan butun o‘rmondagi qush va hayvonlar yig‘ilar ekan. 
Oxiri Qaqnus shunday alamli bir nola qilar ekanki, undan xirmonga o‘t tutashib ketar va shu o‘tda o‘zi 
ham yonib ketar ekan. Xirmon kuli ostidan yangn bir Qaqnus bolasi par yozib chiqar sekin-sekin 
parvoz qilib, yana o‘sha otasi shug‘ullangan ishi – xas-cho‘p terishga unnab ketar ekan. Navoiy bu 
yerda Xusrav Dehlaviyni Qaqnusga, uning she’riyatidagi musiqiylikni, dil o‘rtovchi hazinlikni 
Qaqnusning sayrashiga o‘xshatadi. 
12. “Mah to ba mohi» – aynan: «balig‘dan oygacha» degan mazmunii bildiradi. Bu ibora «erdan 
ko‘kkacha» ma’nosida ishlatiladi. 
13. Bu o‘rinda Navoiy Nizomiy Ganjaviydek ulug‘ shoir dostonlariga javoban «Xamsa» yozishlik 
oson ish emas, demoqchi bo‘ladi. Keyingi baytlarda shoir Nizomiyni filga, Xusrav Dehlaviyni ham 
garchi kichikroq esa-da, filga o‘xshatadi. Ularning shavkat va quvvatidan madad tilaydi. Uzini esa 
hayqiruvchi filga o‘xshatadi, u so‘z o‘rmonini egallab olishni orzu qiladi. 
14. Bu bobdan boshlab, deyarli har bir bob shoirning soqiyga murojaat tarzida yozilgan asosan 2 
baytli (ba’zan 3 bayt), agar ta’bir joiz bo‘lsa, miniatyur «soqiynoma»lar berib boradi. «Bunday 
parchalar shoirning har bir bobda tasvirlangan voqea yoki muammoga munosabati, xulosasi hamda 
ichki kechinmalarini ifoda qiluvchi bir vosita – lirik lavhalardir» (Isoqov Yo. Navoiy lirikasining 
asosiy janrlari. O‘zbek adabiyoti tarixi, II tom, 101-bet). Ba’zan esa shoir bu xildagi lirik 
chekinishlarda keyingi bobda qalamga olinadigan voqea yoxud masalalarga ishora ham qiladi. Bu 
yerda soqiyga murojaat qilib shoir: har ikki shoir (Nizomiy va Xusrav Dehlaviy) yodi uchun qo‘sh jom 
– ikki piyola qadah keltir. Uni ichib Jomiy mayining madhiga kirishay,– deydi. 
15. Jomiy (1414–1492) – fors-tojik adabnyotining ulug‘ mu-tafakkir namoyandasi Abdurahmon 
Jomiyning nisbasi va taxal-lo‘si. Jomiy Navoiyning yaKin do‘stn, hamkori edi. Navoiy undan faqat 
adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay, balki va-zirlik lavozimi taqozosi bilan davlat ishlarida, 
siyosiy va ij-timoiy faoliyatida ham maslahatlar olib . turadi. «1476– 1477 yillar orasida u Jomnyni 
o‘ziga pir sifatida tanlagaa edi. Bu ularning dunyoqarashidagi yaKinliKii ko‘rsatuvchi eng xa-rakterli 
momentdir» (Hayitmetov A., Mirzaahmedo-v a M. Alisher Navoiyning hayot yo‘li. Q. Uzbek 
adabnyotn tarixi. II tom. 63-bet). Jomi£ o‘limidan keyin Navoiy uning xotirasiga bag‘ishlab maxsus 
«Xamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) asarini yozgan. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish