www.ziyouz.com
kutubxonasi
373
ShARH VA IZOHLAR
I
Muqaddima o‘rnidagi bu bob adabiy an’anaga ko‘ra, «hamd» – Alloh taoloning maqtoviga
bag‘ishlangan bo‘lib, Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi
bo‘lgan g‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritadi.
1. Baytning birinchi misrasi arabcha: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening (ya’ni Ollohning)
maqtoving bilan, degan mazmunii bildiradi. Keyingi misrada esa, shoir so‘z o‘yini san’atini ishlatadi –
«fath» so‘zining ikki ma’nosidan foydalanadi: ma’nolar eshiklarinn ko‘nglimga «ochib» ber va ularni
«zabt» etishni nasib qil, mazmunida qo‘llaydi.
Keyingi baytlarda shoir ma’nolar xazinasi qulfiga qo‘lining kalit bo‘lishini, shu vosita bilan barcha
umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olamni, olam ahlini manfaatdor etishni
umid qpladi. Bu baytlarda «maxzan», «durafshon», «gavhartosh», «dur», kabi so‘zlar majoziy, ya’ni
ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Ular mazmun, ma’no bilan aloqador bo‘lib, buni badiiyat haqidagi ilmda
«istiora» san’ati deb yuritiladi.
II
1. Navoiyning «Farhod va Shirin»i boblari sarlavhalari boshqa dostonlaaridagi kabi ma’lum
g‘oyaviy va badiiy funktsiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos-e’tibori bilan har bir bobdagi yetakchi
g‘oyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani o‘tab, o‘quvchining
bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi.
Bu bob sarlavhasida shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni bo‘lmish
«Farhod va Shirin»da sarvqadlar bo‘yiga o‘xshash «alif», binafsha sochlar jingalagiga o‘xshash
«lom»larda «Olloh» so‘zi nazarda tutilishini yozadi. Binobarin, bu yerda Navoiy xudo ta’rifi berilishini
bayon qiladi.
Bu bobda shoir yozishga kirishayotgan «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi
qahramonlar, personajlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bog‘i» deya ta’riflangan ishq bilan
aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir xoliq –yaratuvchi xudo sanosi – maqtoviga
kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko‘nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga
aylantirganligini madh etadi. Ishqqa «jahonni kuydiruvchi» qudrat baxsh etadigan yaratuvchi husni,
go‘zallik ta’rifn esa Navoiy davridagi keng tarqalgan tasavvufdagi panteizm ta’limoti tushunchalarita
aloqadordir. Bu ta’limot «ilg‘or fikrli mutafakkirlar uchun hayot va insonni kuylashga keng imkoniyat
tug‘dirar va o‘z davri uchun taraqqiyparvar yo‘nalish edi. Demak, Navoiyning yaratuvchi go‘zalligini
kuylovchi ilhomli misralarini dunyo va koinot go‘zallignning tavsifi desa bo‘ladi» (Qayumov A.
«Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6-bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy
ma’nodagi «dard bog‘i», «lola», «gul bargi», «sunbul», «oqar suv», «g‘uncha», «otashin vard» (Kizil
gul) kabi so‘zlar orqali ishq, uning alamlari, iztiroblari haqida so‘z yuritadi. Buni shoir ilmi bade’dagi
uyg‘unlashtirish san’ati vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri
rahnamuni» misrasidan to «Kelib kam zarralardin dog‘i Xusrav» misrasigacha bo‘lgan qismda
«Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog‘iga, aqlni Chin xoqonining vaziri
Mulkoroga va Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning do‘sti Shopurga,
ajalni otasini o‘ldirgan Parvezning o‘g‘li Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga
o‘xshatgan holda «shirin», «tilism» so‘zlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad nomlarini
tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uyg‘unlashtirgan» (Rustamov A. Navoiyning badiiy
mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu o‘xshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va
personajlar faoliyatn qaysn ko‘lamda kechishi, ular dostonda ijobiy, salbiy rol o‘ynaydimi yoki
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |