www.ziyouz.com
kutubxonasi
368
Chiqib bulbullarining hoyu ho‘yi.
Meni xokiga ham charxi sabukgom,
Sukun manzilgahida bersa orom.
Taraddud mehnatidin shod qilsa,
Ulus bedodidin ozod qilsa.
Mahol ummid ila har bir jafokesh,
Damo-dam urmasa bag‘rimg‘a yuz nish.
Bo‘lub ming g‘ussa o‘qig‘a nishona,
Zamirim bo‘lmasa zanburxona.
Topib taskin jafogarlar hujumi,
Terukdin tinsa ko‘nglum marzu bumi.
Chu ko‘rmay kom shahdin har tabahkor,
Meni qilmosa ollinda gunahkor.
Birov bo‘lsa shah ollinda muotab,
Meni qilmosa ul ishda muxotab.
Bo‘lub mundoq g‘amu ranjimdin ogoh,
Tarahhum aylasa ahvolima shoh.
Nishotim bog‘ida bir fikr qilsa
Ki, gohe g‘unchadek ko‘nglum ochilsa.
Yigirmi to‘rt soat kecha-kunduz,
Yigirmi to‘rt dam ursam nafas tuz
Ki, andin vaqtima yetsa huzure,
Birovdin tormasa ko‘nglum future.
Raqam qilg‘on Parishon nomalardin,
Yozilg‘on rabti yo‘q hangomalardin.
Hamono teztak aylab qalamni,
Ravonroq torta olg‘aymen raqamni.
Ham o‘lg‘ay bu raqamdin san’ati ko‘r,
Ham o‘lg‘ay san’atida diqqati ko‘r.
Vagar tole’ bo‘lub kulliy madadgor
Ki, bo‘lmay axtari baxtim hasadgor.
Farog‘at kunjida bir go‘sha tutsam,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |