www.ziyouz.com kutubxonasi
333
Nechuk men juft ko‘zlay, ul borib toqg‘
Vafo ahli ishi mundoq bo‘lurmug‘
Vafo aylar kishi mundoq bo‘lurmug‘
Firoqida bukunluk-tonglaliqmen,
g‘amidin o‘ylakim, suvsiz baliqmen.
Baliq holi bu bo‘lg‘ay suvdin ayru
Ki, tolrinmoqdin o‘lg‘ay istabon suv.
Aning hajrida tolrinmoq ishimdur,
Chu tolrindim, o‘lub tinmoq ishimdur.
Manga chun yo‘q tiriklikning falohi,
Siz aylang ulcha bo‘lg‘ay el salohi.
Ulusg‘a ko‘p shikanju ranj berdim,
Men archi bermadim, bois men erdim.
Tiriklikda xud ettim elni noshod,
O‘larda bori etmay zulmu bedod».
Mihinbonu chu torti bo‘yla ruxsat,
Chiqib xushdil, g‘animat ko‘rdi fursat.
Saloh amrida bog‘lab chust belni,
Tilab Xusrav qoshidin kelgan elni,
Dedi: «Shoh ollig‘a ayting salomim,
Yana bu nav’ arz aylang rayomim
Kim, ul kundinki doroyi zamona
Ki, bo‘lsun toju taxti jovidona,
Qilib rayvand e’lomin sarog‘oz,
Meni bu so‘z bila qildi sarafroz.
O‘pub maktubni qoshimg‘a qo‘ydum,
Sudo’ afsunidek boshimg‘a qo‘ydum.
Qilib qosidg‘a oyini muroot,
Chiqordim charx uza ko‘si mubohot.
Va lekin ko‘rguzub dilreshliq ham,
Qilib oyini durandeshliq ham.
O‘zum-o‘q qildim o‘z aybimni izhor,