Buyuk shoh va shoir Zahirinddin Muhammad Bobur.
Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar
So’z bobida chechan, mohir mumtozlar.
Tinglang, yangrar bu kun hushnavo so’zlar
Poyi qadamingiz muborak bo’lsin.
Jahonki muqqadas neni ko’ribdi,
Bariga onasan ey qodir hayot.
Asrlar qo’ynidan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Assalomu alaykum mehri daryo, qalbi buyuk aziz ustozlar .Bugungi adabiy kechamizga xush kelibsizlar. Bugungi kechamiz o’zbek xalqimizning asl farzandi, Vatan nomini dunyoga tanitgan, ammo shu Vatandan bir umrga ayro tushgan, uning hajrida doimo yonib, kuylab o’tgan fidoiy o’g’lon Zahiriddin Muhammad Bobur haqida. Buyuk shoh va shoir bobomiz Bobur bu kun 538 yoshga to’ldi.
Bobur shoh va betakror shoir, buyuk olim, mahoratli sarkarda edi. U- san’at, adabiyot, tilshunoslik, tarix va umuman ilm- fanning barcha sohalari bilan qiziqqan, sinchkovlik bilan hayotni kuzatgan ulug’ inson.
Dunyoyi foniyga kelib u qisqa umr ko’rdi, bor- yo’g’i 47 yil hayot kechirdi. Lekin shu suronli umri davomida u jahon tarixidan shavkatli o’rin olib ulgurdi.
Aslida uning uir yo’li boshdan oyoq taqdir imtihonlaridan iborat edi, desak yanglish bo’lmas.
Shunday ekan, bobomiz Boburning hayot yo’li haqida ma’lumotlarni eshitamiz.(10 ta ishtirokchi)
Boshlovchi: Navbatni Z.M.Boburning rasmlari va hayot yo’li slayd orqali namoyish etiladi.
O`quvchi: Bobur shoh va shoir, adabiyotimizning Navoiydan keyingi eng e’tiborli vakili, temuriy shahzodalarning eng salohiyatli namoyondalaridandir. ,,Bobur” arabcha ,,sher” degani. Bu ism uning shaxsiga ham, ijodiga ham, muvofiq tushgan. U 1483 - yilning 14 - fevralida Andijonda tug’ildi. Otasi Farg’ona viloyatining hokimi Umarshayx Mirzo (1455 – 1494 ) Temurbekka evara(to’rtinchi avlod) edi. Onasi Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
O`quvchi: 1494 – yilda Toshkent va Samarqand hokimlari birgalashib, Farg’onaga yurish qildilar. Umarshayx baxtsiz tasodif tufayli fojiali halok bo’ladi. To’ng’ich o’g’il - 12 yoshli Bobur taxt egasi bo’lib qoladi. Dushman bartaraf qilinadi. So’ng u 1497 – yilning noyabrida 15 yo’shida Samarqandni qo’lga kiritdi. Uch oy o’tmay, tashlab chiqishga majbur bo’ldi. Andijonda esa xiyonat yuz berdi. Ishonib qoldirgan kishilari yurtni Bobur dushmanlariga topshirdilar. Notinch, behalovat kunlar boshlanadi. Bo’lajak shoir ikki yildan keyingina Andijonga qaytishga muvvaffaq bo’ldi. 1500 – yilda 17 yoshli Bobur ikkinchi marotaba Samarqandni Shayboniyxon qo’lidan tortib oladi. Biroq yana tashlab chiqishga majbur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |