www.ziyouz.com kutubxonasi
224
Takallum vaqti go‘yo, yo‘qsa xomush.
Solib Bonu quloq ul mojarog‘a,
Tushurmak hukm etib mehmonsarog‘a.
Ko‘p aylab aklu shurb ichra zarofat,
Buyurdi ulcha imkoni ziyofat.
Yibordi nuktadoni hushmand el,
Daqiq idpoklik mushkilrisand el
Ki, noziklik bila aylab qiyosin,
Nekim bor onglagaylar muddaosin.
Qilib ma’lumi ul xayli yagona,
Bo‘lub dargah bisotig‘a ravona.
Qilib arzida izhori xijolat
Kim, ul xijlat-o‘q aylab arzi holat.
Mihinbonu bilibkim, charxi soyir
Yana ne bulajab la’b etti zohir.
Dedikim: «Tongla asrab bor
3
chog‘in,
Muhayyo aylangiz ko‘rmak yarog‘in.
Ko‘ray e’zoz ilakim mehmondur,
Ulug‘ yerdin yetishgan kordondur.
Manga ma’lumi chun bo‘ldi xitobi,
Degaymen har nekim bo‘lg‘ay javobi».
Eshitgach hukm, yer o‘rtilar ul xayl,
Chiqib hukm o‘lg‘on ishga qildilar mayl.
Tushub Bonu tafakkur olamig‘a,
Tafakkur yo‘q, tahayyur olamig‘a.
Desa zohir qilay ul ish rizosin,
g‘animat onglabon davlat asosin.
Kelib yodig‘a Farhodi sitamkash,
Hazin ko‘ngli bo‘lur erdi mushavvash.
Bu so‘z raddin qilurg‘a bo‘lsa mashg‘ul,
Torilmay hech nav’i uzri ma’qul.
Desa Xusravni o‘zdin kam emastur,