www.ziyouz.com
kutubxonasi
185
Yo‘q ish oh urmoqu o‘lmoqdin o‘zga.
Yururda raxshi aylab tog‘ni rast,
O‘zi ot uzra jomi husnidin mast.
Falak raxshida mehri xovaridek,
Ne raxshu mehr, dev uzra Paridek.
Qayonkim tavsanin aylab ravona,
Yiroqtin alhazar aylab zamona.
Bu yanglig‘ surdi xopoko‘b tavsan,
Anga tegruki erdi xoraafkan.
Biyikrak chiqtiyu har sori boqti,
Zamin birla zamonni o‘tqa yoqti.
Ne ko‘rdig‘ Xora ichra xorakove,
Qozib xopoda metin birla nove.
Dema nove, ne nove qaysi xoro,
Bo‘lurcha o‘n tegirmon suvg‘a majro.
Qilib xorog‘a barnoe siteza,
Urub zarb aylar erdi reza-reza.
Ne barnozod
10
, sarvi bo‘stoni,
Ko‘rub davrondin osibi xazoni.
Shukuhidin bo‘lub xoro haroson,
QO‘pub metinining ollidin oson.
Muqavvas qoshida chin, og‘zida band,
Qadin g‘am tog‘i aylab qavs monand.
Biyikrak haykali ahli zamondin,
Fuzunroq shavkati rili damondin.
Boshida tojvarlik farri raydo,
Yuzida saltanat nuri huvaydo.
Ayog‘ig‘a sinib xori mazallat,
Boshini sindurub sangi mashaqqat.
Jabinida muhabbat dardi zohir,
Uzori uzra g‘urbat gardi zohir.
Tanida benavolig‘din asarlar,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |