www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
Berib avroqu ajzosini barbod.
Yeturgach Zuhraga davlat rikobi,
Dafin yirtib qudumi ehtisobi.
Quyoshqa chun surub gardun xiromin,
Uyotdin yer quyi aylab maqomin.
Chorib Bahromg‘a raxshin chu yaksar,
Bo‘lub ul nahsi ag‘ar Sa’di Akbar.
Tushub chun Mushtariy
5
sori mururi,
Quyoshni yoshurub har lam’a nuri.
Qolib yettinchi qo‘rg‘on rosboni,
O‘tub chobuksuvori osmoniy.
Kirib chun sekkizinchi toram ichra,
Topib har dam o‘zin bir olam ichra.
Hamal mongrab qo‘yub Savr ollida bosh
Ki, bo‘lsak ikkimiz qurbon sanga kosh.
Tarab aylab damo-dam ikki raykar,
Qo‘yarg‘a ollida boshin mukarrar.
Topib quvvatlig‘ andoq necha Xarchang
Ki, tortib ranjasidin sheri nar chang.
Tutub mahsuli hirzin xo‘sha xirman,
Chayong‘a Kaffaning ostida maskan.
O‘zin qoshig‘a chun qurbon qilib yo,
Qilib Jady anga shoxu ray muhayyo.
Dema Dalv ichra suvkim, kavsari roh,
Topib Hut o‘zni ul bahr ichra timsoh.
Bulardin chun biyik tortib amori,
Savobit durlarin aylab nisori.
Alardin yuqoriroq chun qilib mayl,
O‘pub yo‘lin maloyik yuz tuman xayl.
Qanot birla yo‘li gardin qilib pok,
Bu eldin qolmayin ul yo‘lda xoshok.
Berib chun Arshqa zoti tafoxur,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |