www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Dema Chinkim, falak zarrin g‘azoli.
Qayu zarrin g‘azola, turki chin de,
Qaro tufroqqa kirgon mahjabin de.
Quyosh so‘gi ishi kirgach arog‘a,
Falak lu’batlari kirdi qarog‘a.
Ne so‘gu ne qaro, iqbol shomi,
Jahonning asru farruxfol shomi,
Bo‘lub har shabnami Nohid
3
yanglig‘,
Yorub har axtari xurshid yanglig‘.
Yorug‘luq muncha yo‘q anjumg‘a maqdur,
Ochib ruxsori sham’in yuz tuman hur.
Bu aqshom ul charog‘i olamafro‘z,
Ichinda vasl sham’i o‘tidin so‘z.
Solib bir go‘shada rartav nihoni
Kim, aylab mizbonlig‘ ummahoniy
Ki, yetti ul baridi homili roz,
Qo‘linda bir Buroqi barqrarvoz.
Biri rayki nazardin tezdavroq,
Biri raxshi Kimondin garmravroq.
Yetishgach rayk sharhi hol qildi,
Haq istid’osini irsol qildi:
«Ki yetsun olam ahlidin nihoni,
Muhib sarvaqtig‘a mahbubi joni».
Bu so‘z mahbub eshitgach lol bo‘ldi,
Navidi vasldin behol bo‘ldi.
QO‘pub ot uzra andoq sekridi bot
Ki, hayron qoldilar ham rayku, ham ot.
Ham avval hamla raxshi barqxo‘din,
O‘tub tufroqu elu o‘tu sudin,
Qamarg‘a chun xiromi tavsan aylab,
Yuzi xurshedi oni ravshan aylab.
Atorud
4
bodroyidin bo‘lub shod,