www.ziyouz.com kutubxonasi
96
Ki, chiqti o‘z qo‘lidin ixtiyori.
Bu erdi bimkim devona bo‘lg‘ay,
Xirad oyinidin begona bo‘lg‘ay.
Tuta olmay chu ul savdoni rinhon,
Tilab xilvatda Mulkoroni rinhon.
Anga taqrir qildi mojarosin,
Havas ko‘ngli aro solg‘on balosin.
Dedikim: Gar gado, gar shoh bo‘lsun,
Agar g‘ofil, vagar ogoh bo‘lsun,
Tana’um birla mehnat xo‘bu zishti,
Nekim bo‘lmish azaldin sarnavishti,
Ani to ko‘rmagay imkon emastur,
Xirad ollinda bu rinhon emastur.
Agar shoh, ar gadodur odamizod,
Emas bo‘yni qazo hukmidin ozod.
Yozilg‘on nuktani tag‘yir qilmoq,
Erur suv uzra xat tahrir qilmoq.
Qazo kilki ne xatkim qildi mastur,
Emas hargiz ani tag‘yiri dastur.
Zamonning bori ishda zufununi,
Erur gardun fununining zabuni.
Kishining yer yuziga hukmi yetsun,
Qazoyi osmoni yetsa, netsung‘
Xaloyiq ajzidinkim nuktaronmen,
Bulardin men dog‘i bir notavonmen.
Nekim ollimg‘a yozmish kilki taqdir,
Manga yo‘qtur ani ko‘rmakka tadbir.
Azalda bu emish Haqning qazosi,
Mening ollimg‘a bu ish ibtilosi.
Aningkim ko‘ngli tormish aqldin nur.
Kerak tutsa meni bu ishda ma’zur.
Bukun ollimg‘a tushmish turfa holat,