www.ziyouz.com
kutubxonasi
97
seni mindiradi, - dedilar.
U odam o‘rtoqlari bilan otish ta’limi o‘tkazayotgan kishini topdi. Unga Payg‘ambarning
(s.a.v.) gaplarini yetkazdi. Ayni paytda uni Rasululloh (s.a.v.) yuborganlari haqida uch
marta qasam ichdi. Shundan so‘ng yosh yigit uni tuyasiga mindirib Rasululloh (s.a.v.)
yoniga olib keldi. Bo‘lib o‘tganlarni aytib berdi. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat
qildilarki: «Yaxshilikka yo‘l ko‘rsatgan o‘sha yaxshilikni qilgan kabidir».
Boshqa bir rivoyat: «Bir odam Hazrat Payg‘ambardan (s.a.v.) bir ulov so‘rash uchun
keldi. Rasululloh (s.a.v.):
- Qasamki, yonimda seni mindirajak bir narsa yo‘q, faqat seni falonchi o‘g‘illarining
qabristoniga yuboraman. U yerda o‘rtoqlari bilan otish mashqi o‘tkazayotgan bir ansor
yigitni topasan. Undan ulov so‘ra, seni mindiradi. Shu odam Rasululloh (s.a.v.) aytgan
joyga keldi va bo‘lgan voqeani u yerdagi yigitga aytib berdi. Yigit qasam ichishni talab
qildi.
U odam: «Allohga qasam ichamanki meni senga Rasululloh (s.a.v.) yubordilar», dedi. Bu
qasamdan so‘ng yigit unga bir tuya berdi. Birga Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga
keldilar. Rasululloh (s.a.v.) esa: «Yaxshi ishga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan u ishni bajargan
kishi kabidir» (ya’ni, shuncha savobga ega bo‘ladi -
Tarj
.), dedilar».
475
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn
Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): «Eng afzal jihod zolim sulton (rahbar)
oldida haq so‘zni gapirmoqdir», dedilar».
476
Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Abdulmalikdan, u otasidan, u Abu Hurayradan (r.a.)
rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sendan maslahat
so‘ragan kishiga to‘g‘ri (yo‘l) ko‘rsat. Aks holda, unga xiyonat qilgan bo‘lasan», dedilar».
477
Abu Hanifa (r.a.) Hasan Sha’biydan rivoyat qiladi. Sha’biy aytdi: No‘‘mondan eshitdim, u
Rasulullohning (s.a.v.): «Mo‘minlar bir-birlarini sevishda, o‘zaro bir vujud kabidir. Agar
bosh og‘risa jasadning hammasi unga qo‘shilib, uyqusi qochadi va harorati oshadi»,
deganlarini eshitganini aytdi.
478
Abu Hanifa (r.a.) Abdurrahmon ibn Xozimdan rivoyat qiladi. Abdurrahmon ibn Xozim
aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Jabroil menga qo‘shni haqida shunchalar tavsiya berdiki,
qo‘shni-qo‘shniga merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Jabroil menga tungi (tahajjud -
Tarj
.) namoz (o‘qish)ni shunday tavsiya qildiki, ummatimning eng yaxshilari juda oz
uxlasalar kerak, deb o‘yladim».
479
Abu Hanifa (r.a.) Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasulullohning
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |