www.ziyouz.com
kutubxonasi
78
Ibn Mas’udga mujda: Nabiyning (s.a.v.) Ibn Mas’udga (r.a.) duo qilishni aytganlarini
yetkazdi. Ibn Mas’ud bunday dedi: «Allohim!.. Sendan doimiy iymon, tuganmas ne’mat,
abadiy jannatingda Payg‘ambaringga yo‘ldosh bo‘lmoqni so‘rayman».
Bir rivoyatda (Haysamdan, u Abdullohdan qilgan rivoyatda) Abdulloh aytdi: «Hazrati
Payg‘ambarning (s.a.v.) yonlarida Hazrati Abu Bakr (r.a.) bilan Hazrati Umar (r.a.)
suhbatlashar edi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) tashqariga chiqdilar, ikkovi ham Ul zotning
(s.a.v.) izlaridan chiqishdi. Ibn Mas’ud (r.a.) Qur’on o‘qiyotganida, uning uyi yonidan
o‘tdilar.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qildilar: «Qur’onni nozil qilingani kabi o‘qish
kimni quvontirsa, Ibn Ummu Abdning (Ibn Mas’udning) qiroati asosida o‘qisin». Va:
«Nimani so‘rasang, so‘raganing senga beriladi», dedilar.
Hadisning qolganini yuqoridagi kabi zikr etdi.
373
Abu Hanifa (r.a.) Avndan, u otasidan, u Abdulloh Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn
Mas’ud: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga kirganlarida onasi Ummu Abdni u yerga
yuborib, Hazrati Payg‘ambarning xatti-harakatlari (muomalalari, axloqlaridan)
ko‘rganlarini kelib aytishni so‘rardi. So‘ng onasi unga aytganlariday Hazrati
Payg‘ambarga ergashardi».
374
Abu Hanifa (r.a.) Avndan, u otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Abdulloh (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) joynamozlarini olib yurardi.
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) hassalarini olib yurardi».
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.v.v.) ridolarini olib yurardi».
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) ulovlariga qarardi».
Bir rivoyatda: «Rasulullohning (s.a.v.) misvoklari, obdastalari va Ul zotning oyoq
kiyimlarini olib yurardi», deyiladi.
375
Abu Hanifa (r.a.) Mu’ndan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.)
aytdilar: «Musulmon bo‘lganimdan buyon faqat bir marta yolg‘on so‘zlaganman.
Men Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) tuyalarini to‘qimlar (egarlar -
Tarj
.) edim. Toiflik bir
to‘qim qiluvchi keldi. Mendan:
- Rasululloh (s.a.v.) qaysi to‘qimni ko‘proq yoqtiradilar? - deya so‘radi.
Men esa:
- Toifiy, Makkiy to‘qimni, - deb javob berdim. Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) buni
xushlamas edilar.
Tuya o‘sha holatda keltirilgach, Rasululloh (s.a.v.):
- Buni kim tayyorladi? - deya so‘radilar.
- To‘qimchi tayyorladi, - deyishdi sahobalar.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):
- Ibn Ummu Abd (Ibn Mas’ud)ga aytinglar, tuyamizga u to‘qim ursin,- dedilar.
Shundan so‘ng tuya menga keltirildi»
Bir rivoyatda Abdulloh (r.a.) bunday dedi: «Nabiyga (s.a.v.) toiflik bir kishi olib kelindi.
Toiflik kishi mendan:
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |