MUZOAR’A (SHERIK BO’LIB EKIN EKISH) BO’LIMI
352
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) muayyan ulush evaziga (M. uchdan biri, to‘rtdan biri kabi ma’lum
miqdor evaziga) sherik bo‘lib ekin ekishdan qaytardilar».
353
Abu Hanifa (r.a.) Abu Husayndan, u Rofi’ ibn Hudayjdan rivoyat qiladi. Rofi’ ibn Hudayj
(r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) bir bog‘ni ko‘rdilar va u bog‘ni juda
yoqtirdilar.
- Bu kimniki? - deya so‘radilar.
- Meniki, - dedim.
- Qaerdan seniki bo‘lib qoldi?
- Uni ijaraga oldim, - degan edim, Rasuli Akram (s.a.v.)
- Uni daromadidan biror narsa evaziga ijaraga olma, dedilar.
Bir rivoyatda aytilishicha: «Nabiy (s.a.v.) bir boqqa duch keldilar va:
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
- Bu kimniki? - dedilar.
- Meniki. Uni ijaraga oldim, - dedim.
- Uni, daromadidan biror narsa evaziga ijaraga olma, - dedilar Rasululloh (s.a.v)».
FAZILAT VA SHAMOIL BO’LIMI
354
Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Robi’adan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.)
aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) 63 yoshlarida vafot etdilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.)
63 yoshlarida vafot etdi. Hazrat Umar (r.a.) 63 yoshlarida vafot etdilar».
355
Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar:
«Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) qirq yoshga kirganlarida payg‘ambar qilib yuborildilar.
Makkada o‘n yil, Madinada o‘n yil turdilar. Vafot etganlarida soqollarida va sochlarida
yigirma dona oqargan tola yo‘q edi».
356
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar:
«Hazrat Payg‘ambarning (s.a.v.) hidlari xushbo‘y edi».
357
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan
(r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) masjidga borayotganlarida xushbo‘y hidlari
bilan bilinardilar».
358
Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.)
aytdilar: «Hazrat Payg‘ambarda (s.a.v) mening oladigan qarzim bor edi. U zot qarzni
uzdilar va oshiqcha berdilar».
359
Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas ibn Molik
(r.a.) aytdilar: «Men Rasulullohning (s.a.v.) kaftlaridan yumshoqroq ipakni
ushlamaganman».
Boshqa rivoyatda Abu Hanifa (r.a.) Ibrohim ibn Muhammad ibn Muntashirdan, u
Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) u zot bilan birga
o‘tirganlarning oldida tizzalarini (oyoqlarini -
Tarj
.) aslo uzatmas edilar».
360
Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u otasidan, u Masruqdan rivoyat qiladi. Masruq Oisha
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |