www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
bo‘lardi yoki bir guruh inson o‘shanday tavbani qilsa, ularniki ham qabul etilardi».
Bir rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) yonlariga Moiz ibn Molik kelib o‘tirib: «Yo
Rasululloh, men zino qildim. Menga jazo qo‘llang» dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.)
undan yuz o‘giradilar. Moiz to‘rt marta shunday dedi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) har
safar undan yuzlarini o‘girdilar.4sidan so‘ng: «Buning aqliga shubhangiz bormi?» deya
so‘raydilar. «Yo‘q, shubhamiz yo‘q. Biz uni aqlli va doimo xayrli ishlar qiladigan bir kishi
sifatida taniymiz», deyishadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Uni olib borib, toshbo‘ron
qiling», deya buyuradilar. Uni toshi kam joyga olib borishdi. Otilgan toshlar Moizga tega
boshlagach, qo‘rqdi va u yerdan chiqib shitob bilan Harra (degan joy)ga boradi. O’sha
yerda to‘xtab turdi. O’shanda ovozi chiqmagunga qadar yirik toshlar bilan toshbo‘ron
qiladilar. So‘ng Rasulullohga, yo Rasululloh (s.a.v.) Moiz qo‘rqdi va chiqib shitob bilan
ketdi, deyilgandi, Nabiy (s.a.v.): «Uni qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi», deydilar. Odamlar
Moiz holi borasida ixtilofga tushadilar. Bir jamoa: «Moiz o‘ldi, o‘zini halok qildi» desa.
Boshqa bir jamoa esa: «U shunday bir tavba qildiki, bir guruh insonlar o‘shanday tavba
qilsa qabul bo‘lardi», deydi. «Yo Rasululloh, uni nima qilaylik?» deya so‘rashadi. Hazrati
Payg‘ambar (s.a.v.): «Boshqa o‘liklardek uni yuving, kafanlang, xushbo‘ylik suring va
janoza namozini o‘qib dafn eting», dedilar.
Bu hadis turli yo‘llar bilan rivoyat qilingan.
318
Abu Hanifa (r.a.) Rabiadan, u Baylamoniydan rivoyat qiladi. Baylamoniy aytadi: "Hazrati
Payg‘ambar (s.a.v.) zimmiyni o‘ldirgan bir musulmonni qasoschi qatl qildilar. Keyin esa
bunday dedilar:
- Ahdga vafo qilishga men eng munosibman".
JIHOD VA SIYAR
319
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, undan otasi rivoyat qiladi. U aytdi:
«Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo mujohidlarning ayollarini urushga bormay qolgan
insonlarga onalari kabi harom qildi. Jihodga bormay qolganlardan kimdir mujohidlardan
birining oilasiga xoinlik qilsa, Qiyomat kuni u mujohidga: «Bundan o‘chingni ol! deyiladi.
Siz nima deb o‘ylayapsiz!?», dedilar».
320
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn
Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bir qo‘shin yoxud sariyya (bir guruh
suvoriy askar -
Tarj
.) yuborganlarida ularning qo‘mondonlariga, o‘zi xususida Allohdan
qo‘rqishini, u bilan birga bo‘lgan musulmon askarlari xususida yaxshilik qilishini tavsiya
etgach, yana bunday der edilar:
-Allohning nomi ila Alloh taolo yo‘lida jihod eting. Allohni inkor etgan bilan jang qiling.
Haddan oshmang. Ahdga xoinlik qilmang, hech kimning tana a’zosini kesmang, bolalarni
va keksalarni o‘ldirmang. Dushman bilan yuzma-yuz kelganda ularni Islomga da’vat
eting. Agar qabul qilmasalar, jizya to‘lashlarini taklif qiling, agar qabul qilmasa ular bilan
jang qiling. Agar bir qal’a ahlini qamal etsangiz va ular sizdan Allohning hukmi bilan
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |