www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
259
Abu Hanifa (r.a.) Ziyoddan, u Abdulloh ibn Harsdan, u Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladi.
Abu Muso (r.a.) dedilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Uylaning (turmush quring), men sizning
ko‘pligingiz bilan boshqa ummatlar oldida maqtanaman», deya marhamat etdilar».
260
Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Dinordan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar
(r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Yosh (bokira, durkun -
Tarj
.) qizlarga uylaninglar.
Zero ular serpusht, og‘izlarining hidi yoqimli, axloqlari go‘zaldir», deya marhamat
etdilar».
261
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan rivoyat qiladi. Ibrohim aytdi: «Menga
Madina ahlidan keksa bir kishi xabar berdi. U esa Zayd ibn Sobitdan rivoyat qildi. Zayd
ibn Sobit hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganda Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.)
undan:
- Uylandingmi? - deb so‘radilar.
- Yo‘q, - deb javob berdi u.
- Uylangin, iffatli bo‘lgaysan (haromlardan saqlangaysan). Biroq besh ayolga uylanma:
"Shahbara", "Nahbara", "Lahbara", "Habdara", "Lafut", - dedilar Rasuli akram (s.a.v.).
- Yo Rasululloh, bu aytganlaringizning birortasini bilmayman.
Rasuli akram aytdilar:
- Shabhara - yirik jussali, moviy ko‘zli ayol, nahbara - zaif (oriq -
Tarj
.), ingichka, uzun
bo‘yli ayol, lahbara - shahvati yo‘q, yoshi o‘tgan ayol, habdara - bo‘yi qisqa yoqimsiz
ayol, lafut - sendan boshqa (avvalgi) eridan bola ko‘rgan (tul) ayol».
Shayboniy aytadiki: "Abu Hanifa bu hadisni rivoyat etarkan, uzoq kuldi".
262
Abu Hanifa (r.a.) Abdul Malikdan, u shomlik bir odamdan, u hazrati Payg‘ambardan
(s.a.v.) rivoyat qildi: «Bir odam keldi va:
230
Yo Rasululloh, men falonchiga uylanaman, - dedi.
Allohning rasuli (s.a.v.) unga uylanishdan qaytardilar. Haligi odam yana va yana keldi.
Rasuli akram (s.a.v.) yana nahy qildilar va bunday dedilar:
- Qora, ammo tug‘adigan ayol menga chiroyli, tug‘mas ayoldan sevimliroq,
yaxshiroqdir».
263
Abu Hanifa (r.a.) Alqama ibn Marsaddan, u Ibn Buraydadan rivoyat qiladi. Ibn Burayda
naql qildi: «Bir kuni sahobalar Alloh rasulining (s.a.v.) yonlarida balo haqida
suhbatlashdilar. Rasululloh (s.a.v.): "Balo (xosiyatsizlik. -
Tarj
.) uyda, ayolda, otdadir.
Uyning balosi tor bo‘lishi, otning balosi sarkash (qaysar) bo‘lishi, ayolning balosi bepusht
bo‘lishidir", deya marhamat qildilar».
Hasan ibn Sufyon mana bu ifodani qo‘shgan: "Yomon axloqli va bepusht bo‘lishidir".
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |