www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
254
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Subay ibn Ma’baddan rivoyat qiladi.
Subay ibn Ma’bad deydi: «Haj qilish uchun Jaziradan yo‘lga chiqdim. Uzaybadagi
mashhur ikki olim - Salmon ibn Robia va Zayd ibn Suxon yonidan o‘tdim. Mening umra
va haj uchun bir yo‘la talbiya aytayotganimni eshitib, ulardan biri: «Bu odam tuyasidan-
da adashganroqdir», dedi.
2
si esa: «Bu odam shu-shundan ham adashganroqdir», dedi.
Men davom etdim. Ibodatim arkonlarini ado etganimdan so‘ng mo‘minlar amiri hazrati
Umarning (r.a.) oldilariga borib bo‘lgan voqeani so‘ylab berdim: «Men uzoq masofadan,
olis yurtdan bu yerga keldim. Alloh taolo menga haj qilishni nasib etdi. Umra va hajni
birga ado etishni istab, bu ikkisi uchun talbiya aytdim. Salmon ibn Robia va Zayd ibn
Suxon (oldilari) yonidan o‘tdim. Men haj va umra uchun birga talbiya aytganimni eshitib
ulardan birlari: «Bu odam tuyasidan-da adashgan»,
2
si esa: «Bu kimsa shu-shundan
ham adashgan», dedi». Hazrati Umar (r.a.): «Keyin nima bo‘ldi?» dedilar. Men:
«Umraga tavof va sa’y qildim, so‘ng qaytib yana tavof va sa’y qildim va ehromda
qoldim. Hojilar nima bajarsa men ham ado etdim, ibodatlarning qolganlarini ham to‘liq
bajardim», dedim. «Sen Nabiyning (s.a.v.) sunnatiga ko‘ra harakat qilibsan», dedilar
hazrati Umar (r.a.)».
Subay ibn Ma’baddan qilingan yana bir rivoyatda bunday naql etiladi: «Men
xristianlikdan qaytib, endigina musulmon bo‘lgan bir kimsa edim. Umar ibn Xattob
zamonlarida haj qilish uchun Kufaga keldim. Salmon ibn Robia va Zayd ibn Suxonlar
faqat haj uchun talbiya aytishdi. Subay esa har ikkisi (haj va umra) uchun talbiya aytdi.
Ular: «Hayf-e senga. Rasululloh (s.a.v.) tamattu’ hajini ta’qiqlaganlar sen esa tamattu’
qilmoqdasan. Sen tuyadan ham adashgansan», deyishdi. Bu gapdan so‘ng Subay ibn
Ma’bad: «Yaxshisi, birgalikda hazrati Umar (r.a.) oldilariga boraylik», deya taklif aytdi.
Subay Makkaga kelgach, Baytni tavof etdi. Safo va Marva orasida umra uchun sa’y qildi.
So‘ng Harami Sharifga qaytdi. Ta’qiqlardan birortasini qilmadi. Keyin Baytni tavof etdi.
Haj uchun Safo va Marva orasida sa’y qildi. Harami Sharifda qoldi, man eilgan
narsalardan saqlandi. Arafotga bordi. Hajini tugatib, naxr kuni ehromdan chiqdi. Qurbon
(hayiti. -
Tarj
.) kuni tamattu’ haji uchun qurbonlik so‘ydi.
Hajdan qaytayotganlarida hazrati Umarning (r.a.) yonlariga keldilar. Zayd ibn Suxon
bunday dedi: «Ey mo‘minlar amiri, siz tamattu’ hajini man etgan bo‘lsangiz ham, Subay
ibn Ma’bad tamattu’ haji qildi». Hazrati Umar (r.a.): «Nima qilding, ey Subay?» deya
so‘radilar. Subay ibn Ma’bad: «Ey mo‘minlar amiri, haj va umraga tahlil aytdim.
Makkaga kelgach, Baytni tavof qildim. Umram uchun Safo va Marva orasida sa’y qildim.
So‘ngra Harami Sharifga qaytdim. Ehrom holida qolib man etilgan ishlarni qilmadim.
Keyin hajim uchun Safo va Marva orasida sa’y qildim. Bu amallarni bajargach, Harami
Sharifda qoldim. Naxr kuni Qurbonlik so‘ydim, qurbonlikdan so‘ng ehromdan chiqdim»,
deya javob berdi. Hazrati Umar (r.a.) uning yelkasiga sekingina urib: «Sen Nabiyning
(s.a.v.) sunnatiga binoan ish qilibsan», dedilar.
Bir rivoyatda esa quyidagicha keltiriladi: «Subay ibn Ma’bad Salmon ibn Robia va Zayd
ibn Suxon bilan birga hajga bordi. Subay ibn Ma’bad ham haj, ham umra uchun
ehromga kirdi. Salmon va Zayd esa faqatgina haj uchun ehromga kirdilar. U ikkalasi
Subayni bu qilgan ishi uchun koyidilar va unga: «Tuyangdan-da adashgan ekansan, ham
haj, ham umra uchun ehromga kirding. Vaholanki, mo‘minlarning amiri haj va umraga
birga ehromga kirishni man etganlar», deyishdi. Subay ibn Ma’bad: «Hazrati Umar (r.a.)
huzurlariga boring men ham boraman», dedi. Makkaga bordilar. Subay umra uchun
Baytni tavof qildi. Safo va Marva orasida sa’y etdi. So‘ngra qaytib, takror haj uchun
Baytni tavof etdi. Safo va Marva orasida sa’y qildi. Keyin u yerda iqomat etdi (yashadi).
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |