Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
bilan suhbatlashib, ayrim narsalarni yanada aniqlab oldi-da, Samandar Ochilovning 
birinchi xotini bilan uchrashishga otlandi. Mels Xo‘jaev yozib bergan manzilga borib 
qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Eshikni qorachadan kelgan, yuzlari lo‘ppi, ko‘zlari kulib 
turuvchi istarali ayol ochdi. Pastga tushishga harakat qilayotgan jingalak sochli 
shiringina o‘g‘ilchasini bag‘riga mahkam bosganicha kutilmagan mehmonga «Keling?» 
deb savol nazari bilan qaradi. Omonullo o‘zini tanitgach, «adamiz uyda yo‘q edilar», dedi 
uzrli ohangda. Omonullo uyga kirmoqqa ijozat yo‘qligini anglab, ostonada gaplashib 
qo‘ya qoldi. Samandarning birinchi xotini tabiatan kamgapmidi yo savol-javoblarga hushi 
bo‘lmadimi — Omonullo bilolmadi. Ayoldan ishga asqotadigan yangi gap ham ololmadi. 
Ajralishganlaridan so‘ng bir yil o‘tgach turmush qurgan ayol birinchi erini o‘shandan beri 
ko‘rmagan, uylanganini eshitmagan ham edi. Ajralishi sababini esa bir oz qiynalibroq 
aytdi. «Farzandsizlikdan...» — deb yerga qaradi. Omonullo «Ochilov farzand 
ko‘rolmaydigan erkak ekanmi?» deb o‘yladi. Bu o‘yni o‘qigandek ayol unga izoh berdi: 
«Farzand ko‘rishdan qo‘rqardilar... Urush bo‘lib qolsa bolalar azoblanadi, deb 
cho‘chirdilar. Xayollarida ertami indinmi urush boshlanib, hamma yoqni atom bomba 
bosadigandek edi. 
Birinchi homilamni olib tashlattirmoqchi bo‘ldilar. Men unamadim. Tug‘ilganida 
xursand bo‘ldilar baribir. Lekin... xavotirlari ko‘tarilmadi... Bolamizning umri qisqa ekan
atom bombasiz ham bizni tashlab ketdi... Keyin shu masalada baribir chiqisha olmadik. 
O‘zlari juda yaxshi odamlar, chivinga ham ozor bermaydilar... Lekin xayollari g‘alati...» 
Omonullo xayrlashib qaytar mahalida ham bu gaplarni ko‘p o‘yladi. Bunaqa toifani 
uchratmagani uchun Samandarning qilig‘iga sira tushunmadi. 
Hozir cho‘lga, Matluba bilan uchrashuvga oshiqayotgan damda ham kechagi suhbatini 
eslab, tushunishga urindi — uddasidan chiqolmadi... 
Safar to manzilga qadar, to‘g‘rirog‘i, mashina qishloqning notekis ko‘chalariga kirib 
chayqala boshlagunga qadar uyg‘onmadi. Avval depara vakili bilan kelgan Omonullo 
Matlubaning uyini qiynalmay topib bordi. 
Maktabga otlangan bolalarini kuzatib chiqqan Matluba yonginasida to‘xtagan 
mashinaga xavotir bilan qaradi. Keyingi oylar ichi uning yuragi qush hadigi bilan 
uradigan bo‘lib qolgan edi. Hovlidagi musichalar bexos patillab urishib ketsa ham, 
tomdagi mushuklar miyovlab, tunukalarni taraqlatib yugurib qolishsa ham, qo‘shnining 
eshagi hangrab yuborsa ham bir titrab olardi. Bemahalda ko‘chadan mashina ovozi kelsa 
«iloyim to‘xtamasin», deb yurak yutib o‘tirardi. Mashina to‘xtaguday bo‘lsa, yuragi ham 
urishdan to‘xtaganday bo‘lardi. Bu tun ko‘chalaridan ikki marta mashina o‘tib uyqulari 
o‘chib ketgan edi. O‘sha vahmdan qutulmay turib, yonginasida shaharning mashinasi 
to‘xtadi-yu, rosmanasiga cho‘chitib yubordi. 
Omonullo eshik og‘zida turgan Matlubaga o‘zini tanitishga ulgurmay, Safar ham 
mashinadan tushib, unga yaqinlashdi. Dumaloqdan kelgan, jingalak sochli, bo‘yniga 
ham, o‘ng bilagiga ham tilla zanjir osib olgan Safarga Matluba xavotir bilan qaradi. Safar 
uning xavotirli nigohini anglamay, tomdan tarasha tushgani kabi: 
— Opa, xojatxona qaerda? — deb so‘radi. 
Omonullo do‘stining befarosatligidan ranjib, unga norozi qiyofada qarab oldi-da, 
Matlubaga uzrli ohangda: 
— Bu mening og‘aynim, uzoq yo‘lda hamroh bo‘lib keldi, — dedi. 
Matluba «Milisaning o‘rtog‘i shunaqa bo‘ladimi?» deganday Safarga yana bir qarab 
olib, hovlisi tomon chekindi-da, etak tomonni imlab ko‘rsatdi. 
— Avvalgi kuni ham kelgan edim, yo‘q ekansiz? — dedi Omonullo. 
— Ha, ha, eshitdim kelib-ketganingizni. Men... shaharda edim. Dadamning 
marosimlari bor edi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish