Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
— Kofirligi uchun emasmi? 
Kofirning ham insoflisi, vijdonlisi bor. Kofirning ham o‘ziga yarasha e’tiqodi bo‘ladi. 
U kofir emas, ablah edi. 
Bublikni taniysan, a? 
Tanimay-chi?! Nuriddin Turkmanistondagi lagerga kelganidan to ketgunicha u bilan it-
mushuk bo‘lib yashadi. Qoshlarigacha qirib yuruvchi bu odamni hamma «Bublik» der, 
ko‘pchilik undan hayiqib yurardi. Nuriddin esa, unga «maymun» deb laqab berib, 
bo‘ysunishni istamagan edi. 
— Bublikni taniysan, — dedi Tengiz undan javob kutmay. — Bublik sendan xafa. 
Xizmatidan bo‘yin tovlabsan. Nega xizmatini qilmading? 
— Men uning quli emasman. 
— Qiziq... qiziq... sen yanglishma, esh... bola, kimdir kimgadir qul bo‘lishi kerak. Bu 
dunyo o‘zi shunaqa. Sening qullikdan o‘zga chorang yo‘q. Yo qul bo‘lib yashaysan, yoki 
o‘lasan! 
— Odamning qulligi to‘g‘ri. Lekin siz ham yanglishmang. Odam faqat Yaratgangagina 
quldir. Banda bandaga qul bo‘lmaydi. Ayniqsa, musulmon kofirga qul bo‘lmaydi. 
— Men Tengizman! Mening xizmatimni qilasanmi? 
— Yo‘q. 
— O‘ylab javob ber. 
— Bublikka nima javob qilsam, sizga ham javobim shu. 
— Mendan qo‘rqmaysanmi? 
— Nega qo‘rqishim kerak? — Nuriddin unga tik qaraganicha jilmaydi. — Siz meni 
urarsiz, nari borsa o‘ldirarsiz. Odamlar o‘limdan qo‘rqadilar. Ularning nodonligi ham 
shunda. Qo‘rqsa-qo‘rqmasa baribir o‘ladi-ku? Men o‘limdan qo‘rqmayman. Demak, 
sizdan ham qo‘rqmayman. Men faqat Ollohdan qo‘rqaman. 
— Durustsan, bola! Ammo o‘limning har xili bo‘ladi. Yoshlikda o‘lib ketaverish alam 
qiladi. Men, masalan, hozir o‘lishni istamayman. Hali ko‘p yashashim kerak. Ko‘p 
odamlar bilan hisob-kitobim bor. 
— Bu siz bilan mening istagimga qarab bo‘ladigan ish emas. Bu yog‘i taqdir 
yozug‘imizga bog‘liq. Lekin Xudo sizga uzoq umr berishi mumkin. 
— Nega? — Tengiz Nuriddinning gapidan chindan ham ajablandi. 
— Ollohning va’dasi bor: ba’zi odamlar yanada ko‘proq gunoh qilib olishi uchun umrini 
uzoq qilar ekan. 
Bu gap Tengizga yoqmadi: 
— O‘chir ovozingni! — deb jerkib berdi. 
— Bu mening gaplarim emas... 
— O‘chir, deyapman! Menga qara, qaysarliging uchun senga «esh-shak» deb laqab 
berishgan. Xo‘sh, esh-shakligingcha qolasanmi yo biz aytgan yo‘lga yurasanmi? 
— Siz aytgan yo‘lga yurmayman, ovora bo‘lmang. 
— Unda o‘lasan. 
— Buni Xudo biladi. 
— Yaxshi, mardliging ham bor ekan. Mayli, seni itday xorlatib o‘ldirmayman, erkakday 
o‘lishing uchun imkoniyat yaratib beraman. Mening odamim bilan yakkama-yakka 
olishasan. Tanla: musht bilanmi yo tig‘ bilanmi? 
— Tanlash huquqini sizlarga berdim. Odamingizning chog‘i nimaga kelsa, shunday 
olishsin. 
— Katta ketma bola! Demak, bunday: avval musht bilan, keyin tig‘ bilan! 
Raqibini pichoq bilan nobud qilguday bo‘lsa, boshiga balolar orttirishi mumkinligini 
bilgan Nuriddin tig‘ni rad etdi: 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish