Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

«AZIZ MEHMON» 
Daraxt kesishga ijozat berilib, keraksiz zovur qazish barham topdi. Yer yuzasi qalin 
qor bilan qoplangan kezlarda kutilgan «aziz mehmon» — o‘g‘rilar olamida «Murik» 
degan yangi laqab olgan Slava Galiulin paydo bo‘ldi. Tengiz qish kunlari ham barakda 
biqib yotmay, tashqarida yoqilgan gulxan yaqinida o‘tirishni xushlar edi. Ayniqsa, qor 
                               
10
 Abdulla Avloniydan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
bo‘ralab yog‘ayotgan damda uzoq o‘tirardi. Bunday paytda baland tog‘ bag‘riga 
joylashgan ovuli yodiga tushib, yuragi ezilardi. Yelkalariga bo‘rklarini tashlab olgan ovul 
oqsoqollari gulxan atrofida suhbat qurishardi. Ergashib chiqqan nabiralarni bobolari 
bo‘rkka o‘rab olishardi. Bular orasida Tengiz ham bo‘lardi. Ular xuddi xaltadan boshlarini 
chiqarib javdirayotgan kenguru bolalariga o‘xshab ketishardi. Bobolari ularni sovuqdan 
asramoqchi bo‘lishardi. Ammo bolachalar «kenguru xaltasida» uzoq o‘tira olishmasdi. 
Tipirchilayverib, bobolarining jonlariga tegaverishgach, «ozodlik»ka chiqishardi. Qorda 
yugurib-yugurib, dumalab-dumalab o‘ynashardi... 
Qani o‘sha ozod onlar... Qani o‘sha mehrli bobolar... Qani ularning yomon 
shamollardan asraguvchi bo‘rklari... Qani ona ovul... 
Ana shu hislar bilan o‘tirganida kimdir gulxanga yaqinlasha boshladi. Ozod 
osmonlardan yayrab-o‘ynoqlashib tushib, to bahorning issiq nafasiga qadar yastanib 
yotmoqni niyat qilgan qor og‘ir qadam yukiga dosh berolmay zorlanib g‘ijirladi. Tengiz 
«kim ekan bu?» deb o‘girilmadi. U «aziz mehmon»ning shu kezlari kelishini kutayotgan 
edi, ziyrak zehni bu safar ham pand bermadi. 
«Aziz mehmon» ikki qadam narida to‘xtab ovoz berdi: 
— Salom, Knyaz! 
Tengiz salomga darrov alik olmadi. Qo‘lidagi kosov bilan gulxandagi o‘tinlarni titib 
qo‘ygach, orqasiga o‘girildi-da: 
— Ha, Cho‘mich, keldingmi, o‘tir, — dedi. 
Tengizning o‘rnidan turmagani, ko‘rishmagani, atrofida xira pashsha kabi har on 
g‘ing‘illab g‘ashiga teguvchi odamni ko‘rganday ensasining qotishi sababsiz emas edi. 
«Murik»ning xoinligi xususidagi ma’lumot, garchi tekshirib, aniqlanmagan bo‘lsa-da, 
unga iltifot ko‘rgazmoqqa mutlaqo yo‘l bermasdi. Tengiz hech narsa bilmaganday uni iliq 
qarshilashi, gapni aylantirishi mumkin edi. Lekin buni istamadi. Chunki u ayyorlikka 
nisbatan tog‘liklarga xos mag‘rurlikni afzal bilardi. 
Murik Tengizning sovuq muomalasidan ajablanmadi. Avvalo «knyaz» martabasidagi 
bu yigitning dovrug‘ini eshitgani bilan o‘zini endi ko‘rishi. Garchi «qonundagi o‘g‘ri» 
degan maqomga Tengizdan avvalroq yetishgan bo‘lsa-da, bu olamda yetarli darajada 
nom chiqara olmagan edi. Shunday ekan, dovruqli o‘g‘rining bu qadar bepisandligi, 
tabiiy bir hol bo‘lmog‘i aniq. Biroq Murik bu iltifotsizlik boisini yaxshi angladi. Qamoq 
lagerlarida maxsus topshiriq bilan yurgani o‘g‘rilar olamiga ma’lumligini, o‘ziga «Murik» 
degan laqab taqalganini u bilar edi. Bu ishga rozilik berganidayoq oqibatni — o‘g‘rilar 
olamida la’natga uchramog‘i aniqligini hisobga olgan edi. Ammo tarozining boshqa 
pallasidagi o‘lja qarshisida bu la’nat arzirli gap emasdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, «qimor»ga juda 
katta boylik tikilgan edi. Murik nafs oldida ojiz qoldi — o‘zini to‘xtata olmay «yo o‘laman, 
yo bo-yib ketaman», deb tavakkal qildi. «Ilohiy tuyg‘ular ruhga hayot berur, hayvoniy 
orzular hayvoniy hislarga quvvat berur», deganlaridek, yaxshilik ko‘chasidan yurmagan 
bu odamning o‘zgacha qarorga kelmog‘i mumkin ham emasdi. 
Murik Tengizning yelkasiga kaftini qo‘yib, go‘yo salomlashgan bo‘ldi-da, qarshisiga 
o‘tib, g‘o‘lacha ustiga o‘tirdi. 
Tentiz qo‘lidagi kosov bilan gulxanni yana titib qo‘ydi. Taqdirga tan berganicha ohista 
yonib ado bo‘-layotgan o‘tinlar bu titkilashga dosh berolmay faryod chekkanday hisobsiz 
uchqunlar sachratdilar: go‘yo o‘layotgan o‘tinlarning bezovta ruhlari osmonga 
sapchiganday bo‘ldi. Bu hol uzoq davom etmay, alanga yana o‘tinlarni yamlab yutaverdi. 
Uning mag‘rur tillari uchqunlarni quvalab yuqoriga intildi. Ammo o‘chgan uchqunlarning 
izlarini topolmay to‘lg‘ondi. 
Bir olamning ikki fuqarosi orasida gulxan ana shunday hunar ko‘rsatmoqda edi. 
Tengiz kutilgan mehmonga qattiq tikildi. Murik esa bu nigohni sezmaganday xotirjam 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish