Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
qo‘yay, deb yo‘lni uyga burgandi. Ko‘rpachaga o‘tirgach, bir xo‘plam choy umidida 
xotiniga qaradi. Xotin esa uning ro‘parasiga o‘tirib oldi. Toshbolta choy so‘rashni ham, 
kulfat xabarini aytishni ham bilmay garang, Adolat esa erining ahvoliga tushunmay 
hayron edi. Xotin kishining sabr kosasi erkaknikiga nisbatan sayozroq bo‘ladi. Shu bois 
ham birinchi bo‘lib Adolat tilga kirdi. 
— Ha, muncha, men yeb siz quruq qolganday tumtayyapsiz? Nima bo‘ldi, yorila 
qoling! 
Toshbolta uchun bu gaplar yangilik emasdi. Avvallari eshitganida «e, o‘chir!» — deb 
qo‘ya qolardi. Hozirgisi go‘yo o‘q bo‘ldi-yu, azob iskanjasidagi yuragiga qadaldi. 
— Uningni o‘chir, qanjiq! — deb baqirib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. 
Kuchli, ayni damda alamli hayqiriq bilan otilib chiqqan bu haqorat Adolatning hushini 
oldi. Uncha-bunchaga gap bermaydigan, bo‘yin egmaydigan bu xotin chindan ham 
«unini o‘chirgani» ma’qulroq ekanini ang-lab, chaqqon o‘rnidan turdi-da, oshxonaga 
qarab yurdi. Bir ozdan so‘ng choynak-piyolani ko‘tarib kelib, eriga choy kuyib uzatdi: 
— Dadasi iching, hovuringiz bosiladi. 
Iliq lafz bilan aytilgan bu gap ham Toshboltaga malol keldi. 
— Hovurim bosilsinmi? Hovurim bosilishini istab qoldingmi?! He, enangdi... He, seni 
menga ro‘para qilgandi... — deb turib tuyqusdan piyolani otdi. Adolat chaqqonlik qilib 
boshini egib qolmaganida piyola naq peshonasiga tegardi. Erining fe’lini yaxshi bilgan 
Adolat g‘azab o‘tining alanga olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chaqqon o‘rnidan turdi. 
Bunday holatda ko‘p ayollar qochishga, berkinishga harakat qilishadi. Adolat esa o‘zini 
tank ostiga tashlaydigan jasur askar kabi eriga yaqin kelib, yelkasidan quchib oldi. 
— Voy, dadasi sizga nima bo‘ldi? Sizni qaysi uying kuygur xafa qildi? — deb ovuta 
boshladi. 
Adolatning makri amal qilib Toshbolta picha hovuridan tushdi. Bo‘g‘ziga yig‘i kelib, 
ko‘zlari pirpiradi. 
— Ayting, ayta qoling, yengil tortasiz, nima bo‘ldi? 
— Nafis... Nafisni o‘ldirib ketishibdi... — Shunday deb yig‘lashi lozim edi, ammo 
bo‘g‘ziga qadar kelgan yig‘i zohirga chiqa olmadi. 
— O‘ldiribdi? Qaysi uying kuygur o‘ldiribdi? Nima qasdi bor ekan? 
Toshbolta «bilmayman», deb bosh chayqadi. 
Adolat bir zum jim qoldi. Keyin past ovozda: 
— Bir kunmas bir kun shunday bo‘lishini bilardim, — dedi. 
— Nimani bilarding? — dedi Toshbolta sergak tortib. 
— Jahlingiz chiqmasinu, g‘ar bo‘l, o‘g‘ri bo‘l, insof bilan bo‘l, deyishadi. 
— Nima?! — Xotinining bu gapini eshitib, Toshboltaning ko‘zlari kosasidan chiqar 
darajada olay-di: — Nima deding, qanjiq?! Hali mening qizim senga g‘ar bo‘ldimi?! 
Toshbolta shunday deb xotinini tirsagi bilan turtib yubordi. Adolat kutilmagan zarbdan 
yiqildi. Astoydil do‘pposlashga hezlanib o‘rnidan turayotgan erining vajohatini ko‘rib, 
kurash qurolini o‘zgartirishi lozimligini angladi. Harbiylarda «eng ma’qul mudofaa usuli 
— hujumdir», degan haqiqat bor. Adolat harbiy emas, bu qoidani bilmaydi. Ammo 
xalqda mavjud «qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar», degan maqoldan xabardor bo‘lgani 
sababli eridan avvalroq o‘rnidan turib, unga chekchaydi: 
— Ha, g‘ar bo‘lmay go‘rmidi? G‘arligini bilmasmiding?! 
Avvalgi janjallarda Adolat baqirib, sensiray boshlaganida Toshbolta «Sen it bilan teng 
kelamanmi», — deb chekinib qo‘ya qolardi. Adolat bu safar ham shunday bo‘lishiga umid 
qilib yanglishdi: bu shunchaki «er-xotinning urushi — doka ro‘molning qurishi» emas, 
o‘rtada fojiali o‘lim topgan farzandning ruhi bor edi. Toshbolta uning sensirashiga ham, 
baqirishiga ham parvo qilmay Adolatni urib qoldi. Adolat «Voy-dod!» deganicha hovliga 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish