Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
ahmaqlar bilan Koshak ishga kirishguday bo‘lsa, yomon qiladi. Shuning uchun seni 
chaqirib aytishsa, haqiqat talashma, jig‘iga tegma. «Yaxshi bo‘ldi, qo‘lim qichib turuvdi», 
deb qo‘ya qol. Urush chiqsa sen Yanis amakingni urasan. Unga tayinlab qo‘y, u 
boshqalarga aytsin, olishib, mushtlashib yurishmasin, qo‘llariga hatto temir qoshiq ham 
olishmasin. Faqat o‘zlarini himoya qilishsin, boshlari bilan biqinlarini ehtiyot qilishsin. 
O‘zing ham ehtiyot bo‘l. Ola-tasirda Koshakka o‘xshagan bir ahmaq sengami yo 
mengami pichoq tiqvolishi mumkin. Angladingmi? Bor, endi uxla. 
Shu gaplardan keyin odamning uyqusi kelar ekanmi? Nuriddin bir to‘p chaqirtikanak 
ustida yalang‘och yotganday qiynalib chiqdi. Siyosat bobida ongi past darajada bo‘lgan 
bu yigit qamoqdagi bir keksa odamning Moskvadagi hukumatga qanday yomonlik qilishi 
mumkinligini bilolmay garang edi. Har qanday raqib uchun, ayniqsa siyosiy muxolif 
uchun odamning jismigina emas, balki fikri, ruhi ham xavfli ekanini anglash martabasiga 
yetmagan edi. Buni Darbadar tushunishi mumkin edi. U yo‘qlik dunyosida, fikrlari esa 
muhojirot tuproqlariga singganicha qoldi. Faryod-larini tog‘u toshlar bag‘riga ololmadi, 
ko‘zlaridan oqqan alamli yoshlardan zamin seskandi. 
Nuriddin Darbadar bilan Yanis taqdirida o‘xshashlik topmadi. Zohiran shunday, u haq 
edi. Biroq qalblar yarasi ikkovida birday edi. Darbadar «Oh, Vatan!» deb jon berdi. Yanis 
ham shu qalb faryodi bilan bu azoblarga yo‘liqdi. Endi esa yana bir do‘zax azobiga hukm 
qilinib turibdi. 
Nuriddinning izidan qarab qolgan Tengiz barakka, yotar joyiga kirmadi. Qamoq 
lagerining hamma uchun majbur bo‘lgan qat’iy qoidalariga amal qilmaslik uning odatiy 
holi edi. Faqat o‘zi emas, balki uning iltifotiga sazovor bo‘lganlar ham bu qoidalarni 
buzishga haqli edilar. Ana shuning uchun ham Nuriddin tunda barakdan, kunduzi esa ish 
joyidan nari ketsa birov tanbeh bermasdi. Tengizning o‘ziga-ku bu yer nomigagina 
qamoq edi. U «o‘ziga xon, o‘ziga bek» bo‘lsa-da, bosar tusarini bilmay qadam bosmasdi. 
Qamoq lageri hojalariga bo‘ysunmaganday yursa-da, ular tomondan tasodifiy zarbani 
kutib yashardi. Bu oqshom Yanislarga uyushtirilayotgan fitna uni sergak torttirdi. Qamoq 
lageri boshlig‘ining muovini chaynalib, gapni aylantirdi. «Yuqoridan buyruq kelganini, 
bajarishga majbur ekanini» afsus bilan ayt-di. Aslida «yanislarga hech bir da’vosi 
yo‘qligini» bildirib qo‘yishni ham unutmadi. 
Tengiz yuqoridan buyruq kelgach, bu bechoralarning bajarishga mahkum ekanliklarini 
yaxshi bilardi. Shuning barobarinda «ulug‘ og‘alar»ning kichikroq xalqlar vakillariga 
zug‘um qilishdan lazzat olishlari ham ma’lum unga. Yanislarga qarshi fitnani ular afsus 
bilan emas, bil’aks, rohat bilan, bajonidil bajaradilar. Agar bu buyruq o‘zlarinikiga 
nisbatan bo‘lsami, chindan ham afsusda qolishlari muqarrar. 
«Bugun — yanislar, ertaga kimlar? — deb o‘yladi Tengiz, — balki mendirman, balki 
ozarbayjonlar...» 
«Tengiz o‘limdan qo‘rqmaydigan mard o‘g‘ridir», demoqlik ta’rifning ko‘pigidir. Chunki 
odamga, o‘g‘rimi yo to‘g‘rimi, farqi yo‘q — jon shirin! Qamoqdami yo erkinlikdami, 
yigitmi yo cholmi, farqsiz o‘laroq, yashagisi kelaveradi. Qamoq lageri rahbariyatining 
iltimosini qabul qilishi, Nuriddin aytganidek, u uchun isnod edi. Halollik ila mulohaza 
qilinsa Murik bilan uning orasida farq chegarasi sezilmas edi. Tengiz buni bilgani uchun 
ham, boshqa chorasi bo‘lmagani uchun ham o‘zicha ezildi. Bu masalani «politbyuro»ga 
qo‘ygan taqdirda ham «blatkomitet»ning ma’qullashi aniq edi. Ular buni «hukumatga 
xizmat qilish» emas, «o‘g‘rilar olamini dahlsiz saqlab qolish» deb ta’riflagan bo‘lishardi. 
Bu shunday g‘alati olamki, uni bir qal’a tasavvur etilsa, kiraverishidagi ark peshtoqiga 
«Harna qilsang qilaver, va ijozatimizsiz hech narsa qilishing mumkin emas», degan shior 
yozib qo‘ysa ham bo‘lardi. Bu olam arki juda hashamatli, fusunkor. Bokira qiz kabi o‘ziga 
chorlaydi. Qizning husnidan bahramand bo‘laman, kiramanu chiqaman, degan xushtor 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish