juda e’zozlagan.
1758 yilda Volter Shveytsariya chegarasi yaqinida joylashgan Ferne qal’asini sotib
oladi. U hayotining so‘nggi 20 yilini shu yerda o‘tkazadi.
Volterning quyidagi asarlari ma’lum:
«Falsafiy maktublar», «Orleanlik bokira qiz»,
«Nyuton falsafasi asoslari», «Memnon yoki insoniy Donolik», «Suqrot», «Kandid yoki
nekbinlik», «Skiflar» (tragediya), «Tabiat mo‘‘jizalari haqida», «Ruh haqida», «Tarix
falsafasi» (birinchi bo‘lib «tarix falsafasi» degan atamani Volter qo‘llagan)
va hokazo.
1778 yilda Volter do‘stining qistovi bilan Parijga keladi. Parij aholisi Volterni juda katta
tantana bilan kutib oladi. Shu kuni Volterning dafna (lavr) yaprog‘idan yasalgan chambar
kiydirilgan byusti o‘rnatilgan Parij teatri sahnasida uning so‘nggi «Irina» (1778 y.) deb
nomlangan fojiaviy asari namoyish etiladi. Biroq bu tantanalar, sershovqin Parij Volterni
Do'stlaringiz bilan baham: |