www.ziyouz.com
кутубхонаси
125
ROJER BEKON
(1214 (taxminan) -1292)
Ingliz faylasufi, Parij dorilfununining ilohiyotchi olimi doktor Rojer Bekon Angliyaning
janubi-g‘arbidagi Dorget grafligida tug‘ilib o‘sdi. U Oksfordda ta’lim oldi. 1236-1247
yillarda Parij dorilfununida dars berdi. 1277 yilda faylasuf ibodatxona qamoqxonasiga
bandi etildi va 14 yil tutqunlikda yashadi.
Hikoya qilishlaricha, Rojer Bekon Angliya qiroli Genrix III (1216-1272)ni olimlarning
dushmani, manfur va shafqatsiz kimsa — yepiskop Per de Roshdan ehtiyot bo‘lishi
kerakligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Faylasuf Vinchester yepiskopining ismi
sharifidan foydalanib, so‘z o‘yini qiladi. Per de Rosh lotincha Petrus de Rupibum, ya’ni
«qoyalar va tik tog‘lar» degan ma’noni anglatadi. Bundan xabardor Bekon qirol Genrixga
shunday savol bilan murojaat qiladi:
— Janobi oliylari, ayting-chi, toshqin dengiz osha qirg‘oqqa tomon suzayotgan kema
Do'stlaringiz bilan baham: |