www.ziyouz.com
кутубхонаси
40
ANTISFEN
(Miloddan avvalgi 444-366 yillar)
Antisfen — miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashab o‘tgan yunon faylasufidir. U avvaliga
faylasuf Xorgiyning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik Suqrotdan ilm o‘rgangan. Antisfen
chekka Pireya shahrida yashasada, har kuni 40 stadiya (1 stadiya — 184,75 gaz) yo‘l
bosib, Suqrotning huzuriga qatnagan. Keyinchalik Antisfen kiniklar maktabiga asos
solgan. Faylasuf Diohen Antisfenning eng iqtidorli shogirdlaridan edi. Antisfen o‘limga
hukm etilgan ustozi Suqrot bilan qatl oldidan hamsuhbat bo‘lgan. Antisfen birinchilardan
bo‘lib qullar va ozod qashshoqlarga xos buyumlar hamda liboslarni o‘ziga ravo ko‘rdi.
Shu yo‘l bilan o‘zi asos solgan kinik maktabining boshqalardan ajralib turishini
ta’minladi. Kiniklar egnilariga kalta jomakor kamzul kiyib, qo‘llarida gadoylarning
to‘rvasi va darbadarlarning tayog‘ini ko‘tarib yurganlar. Ehtiyojlarni har tomonlama
chegaralamoq Antisfen hayotining mazmuni sanalgan. U o‘zini «zotsiz ko‘ppak» deb
Do'stlaringiz bilan baham: |