www.ziyouz.com
кутубхонаси
33
SUQROT
(Miloddan avvalgi 469-399 yillar)
Mashhur yunon faylasufi Suqrot Attika shahrida haykaltarosh Sofroniks va doya
Fenaretta oilasida dunyoga keldi. U juda ko‘rimsiz qiyofaga ega bo‘lgan. Past bo‘yli, qorni
osilgan, kalta bo‘yinli, keng va do‘ng peshonali, yapaloq, tanqaygan burunining teshiklari
katta, lablari do‘rdoq Suqrotning ukki ko‘zlari kishiga zimdan boqishga moyil edi. U doim
eski liboslarda, yalangoyoq yurgan.
Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan
bo‘lsa-da, oilaviy baxtga erisholmagan.
Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda o‘tkazgan. Bahslarda doim uning qo‘li
baland kelgan. Shuning uchun ko‘pincha uning sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan
kulib, haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Hatto bir kuni tepki yeganda
ham chidab turavergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan:
Do'stlaringiz bilan baham: |