َنوُﺮِﺳﺎَﺨْﻟا ُﻢُه
)
٩
(
"Ey iymon keltirganlar, Allohning zikridan chalg‘ib, mollaringiz va bolalaringiz bilan
mashg‘ul bo‘lib qolmang, kim shunday qilsa, bas, ular yutqazganlardir" («Munofiqun», 9).
Ularga xos bo‘lgan bu fazilatlar haqida Alloh taolo:
ﺎًﻣْﻮَﻳ َنﻮُﻓﺎَﺨَﻳ ِةﺎَآﱠﺰﻟا ِءﺎَﺘﻳِإَو ِةﻼﱠﺼﻟا ِمﺎَﻗِإَو ِﻪﱠﻠﻟا ِﺮْآِذ ْﻦَﻋ ٌﻊْﻴَﺑ ﻻَو ٌةَرﺎَﺠِﺗ ْﻢِﻬﻴِﻬْﻠُﺗ ﻻ ٌلﺎَﺟِر
ُرﺎَﺼْﺑﻷاَو ُبﻮُﻠُﻘْﻟا ِﻪﻴِﻓ ُﺐﱠﻠَﻘَﺘَﺗ
)
٣٧
(
"...Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va
zakotni (haqdorlarga) ado etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib
qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar", deb marhamat qilgan («Nur»,37).
Albatta, dunyo ishlari deb, rizq orqasidan quvib ibodatni tark etish yaxshi emas. Rizq beruvchi,
uning sabablarini yaratuvchi Allohning o‘zi. Qancha yugurib-elmasin, hech kim Alloh bergan rizqdan
ortiqchasini ololmaydi. Ibodatini o‘z vaqtida ado etib yursa, Allohning rizq beruvchi Razzoq ekanligiga
amin bo‘ladi. Lekin bu degani ertayu kech ibodat qilib, dunyo ishlarlni tark et, degani emas. Mo‘min
odam hammasini bir me’yorda olib borishi lozim. Bajaryodigan ishi qanchalik og‘ir va mas’uliyatli
bo‘lmasin, u Alloh ibodatini bajarmaslikka, shar’iy hukmlarg’ e’tiborsiz qarashga sabab bo‘la olmaydi.
Yuqoridagi oyatda tijorat, oldi-sotdiga e’tibor qaratilishi-sabablaridan biri — moddiy
manfaatdorlidir. U ko‘pchilykning zaif tomoni. Inson yanada ko‘proq pul topish, ko‘proq mol-mulkka
ega bo‘lish istagining quliga aylanib qoladi. Shu sababli shar’iy hukmlarga bo‘ysunish ularga
qiyinchilik tug‘diradi. Shunday insonlar borki, ular ertayu kech tinmasdan ishlashadi, obro‘, shuhrat,
boylik orqasidan quvlashadi. Lekin Allohga itoat etishga, uning amrini bajarishga kelganda ularda
mol-dunyo to‘plashdagi g‘ayratdan asar ham qolmaydi. Albatta, mo‘minlar ham badavlat bo‘lishni
istaydilar. Harakat qilib, pul topib, badavlat ham bo‘ladilar, lekin ularning boshqalardan afzal jihatlari
boylikni qaysi yo‘l bilan topish va uni qanday sarflashga juda e’tiborli bo‘lishlaridir. Ular ko‘p pul topish
mumkin ekan deb, har qanday ishga qo‘l urib ketavermaydilar. Yoki Alloh O‘zi davlat beribdi,
hohlaganimcha sarf qilaman deb, bo‘lar-bo‘lmasga pul ham sarflamaydilar. Ular boylik yig‘ishga
mukkasidan ketib, shariat hukmlariga e’tiborsizlik bilan qarashdan mutlaqo yiroq turguvchilardir. Ular
Alloh bandasini faqirlik bilan imtihon qilishini bilgani kabi, davlat bilan ham sinashi mumkinligini
bilishadi. Shu sababli har qanday holda Allohning imtihonidan muvaffaqiyat bilan o‘tishga g‘ayrat
qilishadi. Har qanday holatda ham, ular Allohga xush keladigan amalni dastlabki o‘ringa qo‘yadilar.
Qur’on axloqi bilan yashagan mo‘min nafsi ustidan hokimlik o‘rnatadi. Ular har doim Alloh taoloning
mana shu oyatini yodda tutadilar va unga amal qiladilar:
ٌﻢﻴِﻠَﻋ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﺗ ﺎَﻤِﺑ ﻲِّﻧِإ ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ اﻮُﻠَﻤْﻋاَو ِتﺎَﺒِّﻴﱠﻄﻟا َﻦِﻣ اﻮُﻠُآ ُﻞُﺳﱡﺮﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ
Do'stlaringiz bilan baham: |