Qur’on axloqiga ko’ra mo’minning 24 soati. Horun
Yahyo
www.ziyouz.com кутубхонаси
1
HORUN YAHYO
QUR’ON AXLOQIGA
KO‘RA MO‘MINNING
24 SOATI
Turk tilidan erkin tarjima Tarjimon:
Dilfuza Sarvarova
Mas’ul muharrir:
Hoji Mirzo Kenjabek
« Movarounnahr»
Toshkent
2006
Alloh Insonni ulug‘lab, uni O‘zining yerdagi xalifasi qilib yaratdi. Ko‘rish, hid va ta’m bilish, aql va
taffakur qilish hidoyatini ato etdi. Yerni inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘zida
mujassam qilgan maskanga aylantirdi. Undagi jamiki narsalarni insonga bo‘ysindirib, uni sinov va
imtihon qilishni iroda etdi.
Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, bularga e’tibor
bermaydi. Aslida Alloh yaratgan har bir narsada — chumolida ham, chivinda ham mo‘jiza bor,
mo‘minga ibrat bor.
O‘qing, uqing, amal qiling. Maqsadimiz — Qur’on axloqi bilan hidoyat topgan insonlarning
baxtiyorligi, xotirjamligini namuna qilib ko‘rsatish, Sizni ham Haq yo‘liga da’vat etishdir.