َﻦْﺒَﺴَﺘْآا ﺎﱠﻤِﻣ ٌﺐﻴِﺼَﻧ
ﺎًﻤﻴِﻠَﻋ ٍءْﻲَﺷ ِّﻞُﻜِﺑ َنﺎَآ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِﻪِﻠْﻀَﻓ ْﻦِﻣ َﻪﱠﻠﻟا اﻮُﻟَﺄْﺳاَو
)
٣٢
(
"Alloh ba’zingiznn ba’zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga
o‘z kasbidan nasiba bor. Ayollarga uz kasbndan nasnba bor. Allohdan fazlni so‘rang. Albatta,
Alloh har bir narsann biluvchi Zotdir" («Niso», 32).
أ
ِﻪِﻠْﻀَﻓ ْﻦِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا ُﻢُهﺎَﺗﺁ ﺎَﻣ ﻰَﻠَﻋ َسﺎﱠﻨﻟا َنوُﺪُﺴْﺤَﻳ ْمَ
"Yoki Alloh odamlarga O‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?" («Niso», 54).
Yeru osmondagi barcha narsaning sohibi bo‘lgan Alloh istagan bandasini istaganmcha
rizqlantiradi, xohlaganicha aziz qiladi. Mo‘min buni bilgani uchun boshqalarda mavjud bo‘lib, uning
nafsiga xush kelgan, lekin o‘zi erisha olmagan ne’matlar uchun hasad qilmaydi. O‘zidan boy va
chiroyli kishini ko‘rganda go‘zallik va boylikning asl sohibini eslaydi. Alloh bandasiga O‘zi istaganicha
ne’mat berishini, tanlash faqat U zotga xosligini doim yodda tutadi. Alloh nazdida mol-dunyo sohiblari
emas, balki taqvodorlarning martabasi ulug‘ligi ularni mudom Allohga taqvo qilishga chorlaydi.
Hasad shunday yuqumli kasallikki, bir kishining qalbida tug‘ilib butun bir millatga shu dardni
yuqtirishi mumkin. Islom tarixidan ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini,
u kishining mo‘jizalarini, u kishiga Qur’on tushayotganini ko‘rib-bilib turib, qalblaridagi hasad tufayli
iymonga kirmaganlarni Qur’onda "g‘azabga duchor bo‘lganlar" va "adashganlar" deb ta’rif berilgan.
"G’azabga duchor bo‘lganlar", ya’ni yahudiylar "nimaga bizdan emas, arablardan Payg‘ambar chiqdi"
deb hasad qilsalar, ko‘plab arab qabilalari qurayshliklarga hasad qildilar. Qurayshning boy
zodagonlari esa, "nimaga bizdan emas, kambag‘al bir yetimchadan Payg‘ambar chiqar ekan" deb
hasad qilsalar, ularning rahbarlari "biz boy-badavlat odamlar nima uchun bir kambag‘alga
ergashishimiz kerak" deb hasad qilib Islomga kirmaganlar. Hasad, hatto, kofirlikka ham olib keladigan
ma’naviy jinoyat ekan. Shuning uchun qalbida hasadi bor odamning Islomga kirishi amri mahol.
Mo‘minlar hasad bilan birga unga yo‘l ochib beruvchi illatlardan ham uzoq turishga intiladilar.
Shunday illatlardan biri baxilliqdir. Ular o‘zlari yaxshi ko‘rgan narsani boshqalar bilan baham
ko‘rishlari, saxiylik bilan odamlarni siylashlari orqali ham hasad kelib chiqishining oldini oladilar, ham
odamlar o‘rtasida mehr kuchayishiga erishadilar. O‘zlariga xush kelgan narsalarni boshqalar bilan
baham ko‘rish yaxshilikka, najotga eltuvchi yo‘l ekanini biladilar. Chunki ular quyidagi oyatga amal
qilish baxtiga muyassar bo‘lgan bandalardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |