Mo’minalar silsilasi. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
alayhissalomga xizmat qilish nasib etganiga Allohga shukrlar qildilar va Allohning ulug‘
payg‘ambari Ibrohim alayhissalomga xizmat qilishlik buyuk ne’mat ekanligini bildilar.
Ikkinchi xotin
Oylar, yillar o‘tdi. Hojar onamiz bu oilada Sora bilan birga yashadilar. Oilaning kamchiligi
farzandsizlik edi. Bir kuni Sora onamiz: «Ey Hojar, men seni Ibrohim alayhissalomga
bermoqchiman, shoyad, farzand tug‘ib berib, uni shod qilsang.
Sendan hech yomonlik
ko‘rmadik», dedilar. Bu taklifga hayron bo‘lgan Hojar onamiz ham xursand bo‘ldilar.
Ulug‘ payg‘ambarga ayol bo‘lish ulug‘ baxt, lekin Sora Ibrohim alayhissalomni
qizg‘onmasmikinlar, deb qo‘rqdilar. Ammo bu ish zaruratdan ekanligini tushundilar.
Shunday qilib, Sora onamiz joriyalarini Ibrohim alayhissalomga berdilar. Kunlar o‘tib,
Hojar homilador bo‘ldilar. Soraning rashklari kundan-kun zo‘raydi. Hojar chiroyli, shirin
o‘g‘il tug‘ib bergandilar. Otalari unga Ismoil deb ism qo‘ydilar.
Hojar onamiz shu farzand
baxtidan juda shod edilar.
Hojar sahrodalar
Hojar onamiz tuqqanlaridan keyin Ibrohim alayhissalom yanada muhabbatli bo‘ldilar,
o‘g‘illarini juda ko‘p suyardilar. Buni ko‘rib Sora onamizning rashklari kuchayardi. Bunga
chiday olmasdan bir kuni o‘g‘li va onasini uzoqroqqa tashlab kelishni buyurdilar. Ibrohim
alayhissalom o‘ylanib qoldilar. Alloh ularni Makkaning sahrosiga
olib borishni Ibrohim
alayhissalomga amr qildi. Bularning hammasi Uning xohishi va hikmati edi. Ibrohim
alayhissalom Allohning amriga labbay, deb xotinlari va o‘g‘illari bilan uzoq yo‘lga
tushdilar. Ular ko‘p yo‘l yurib, tog‘lar orasidagi bir vodiyga yetib kelishdi. Bu yerda hech
kim ko‘rinmas, suv, ekin, hayot alomatlaridan asar yo‘q edi. Go‘dak
Ismoil esa faqat
onasini emar edi. Ibrohim alayhissalom ularning oldiga suv va xurmo qo‘yib, Falastinga
qaytayotganlarida, Hojar onamiz hayron bo‘lib va qo‘rqib: «Ey Ibrohim, qaerga
ketyapsiz, bu vodiyda hech narsa yo‘q-ku, bizni kimga tashlab ketyapsiz?» dedilar.
Ibrohim alayhissalom javob bermadilar. Hojar bu so‘zlarni ko‘p marta takrorladilar, ul
zot esa jim edilar! Hojar onamiz bu Allohning amri ekanligini his qildilar.
Axir u zot
Allohning rasuli!
Hojar Ibrohim alayhissalomga: «Bu Allohning amrimi?» dedilar. Ibrohim alayhissalom:
«Ha», dedilar. Kuchli iymon sohibasi Hojar: «Agar Allohning amri bo‘lsa, men Unga
tavakkal qilaman. U meni zoe qilmaydi, tashlab qo‘ymaydi», dedilar.
Ibrohim alayhissalom qo‘llarini baland ko‘tarib: «Parvardigoro, albatta men
zurriyotimdan (bir qismini - o‘g‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni)
Sening hurmatli
Bayting huzuridagi ekin o‘smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Parvardigoro, (ular)
namozni to‘kis ado qilsinlar, deb (shunday qildim). Bas, Sening O’zing odamlarning
dillarini ularga moyil qilib qo‘ygil va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil.
Shoyad, shukr qilsalar» (Ibrohim surasi, 37-oyat), deb duo qildilar. So‘ng Falastinga
qaytib ketdilar. Hojar onamiz emizikli bolani ko‘tarib,
Ibrohim alayhissalomning
orqalaridan qarab qoldilar. Keyin o‘tirib, xurmo yedilar, suv ichdilar, Ismoilni emizdilar.
Ikki kundan so‘ng xurmo ham, suv ham qolmadi.
Ko‘kraklaridan sut ham kelmay qoldi. Och va chanqagan Ismoil qattiq yig‘lay boshladi.