Microsoft Word Moliyaviy hisob


Ishchi va xnzmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

4.4. Ishchi va xnzmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi 
Ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi va turli to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni 
rasmiylashtirish uchun hisob-kitob foydalaniladi. Bu kaydnoma har bir tsex va bulimlar 
uchun tuzilib quyidagi ko’rsatkichlarni aks ettiradi. Ishchi va xizmatchilar ishlab chiqargan 
maxsulotining, soni, sifati, bajargan ishning hajmi yoki ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan 
ish haqi, ushlab kolinadigan soliqlar va boshqa ushlab kolishlar hamda berilishi lozim 
bo’lgan ish haqi miqdori ko’rsatiladi. Xodimni kuliga beriladigan ish haqi summasi ish 
haqini to’lash kaydnomasiga kuchiriladi. Ushbu kaydnomaning titul varagida xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsat beruvchi imzosi beriladiyu o’z vaqtida (3 kun ichida) 
ishchilar tomonidan olinmagan ish haqi keyingi oyga koldi-riladi va deponentlashtiriladi. 
Kassir ish haqini olmagan xodimlarning familiyasi tug’risiga “deponentlashtirildi” 
degan shtamp qo’yadi yoki yozma ravishda yozadi. 
Shundan sung to’lov kaydnomasidan titul varagida kassir naqd pul bilan to’langan ish 
haqi summasini va deponentlashtirilgan ish haqining umumiy summasini yozadi hamda o’z 
imzosini ko’yib buxgalteriyaga topshiradi. To’langan ish haqini summasiga kassa chiqim 
orderi rasmiylashtiriladi va bu order kassadan pullarni hisobdan chiqarish uchun asos bulib 
qoladi. 
Ish haqi deponentlashtirilgan har bir xodimga deponent varagi tuziladi. Keyinchalik 
deponent varai orqali ish haqi olinadi. 
Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash yuzasidan hisoblashishlarning sintetik hisobi 
”Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni  hisobga oluvchi” 6700 
schyotlarda hisobga olib boriladi. 
Bu schyotning kredit tomonida ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi, nafaqalar va 
boshqa to’lovlar debet tomonida esa ish haqidan ushlab kolinadigan summalar va berilgan 
ish haqi summalarni aks ettiriladi. 
Hisoblangan ish haqi tegishli xarajatlar schyotlari o’rtasida “ish haqini taksimlash 
kaydnomasi”ga muvofiq taksimlanadi. Bu qaydnoma buxgalteriyada mehnat va ish haqi 
bo’yicha rasmiylashtirilgan boshlangich hujjatlarga asoslanib tuziladi. Ishchi xodimlarga 
hisoblangan ish haqi buxgalteriya hisobi schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi 
tuzish bilan hisobga olinadi. 
D-t: 2010; 2310; 2320; 2510; 9421; 9450 
K-t: 6710 
Ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’iga: 
 
107


D-t: 6710 
K-t: 6410 ”Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar” 
Deponentlashtirilgan ish haqiga: 
D-t: 6710 
K-t: 6720 
Ishlatilmagan hisobdor summalarni ushlab qolish: 
D-t : 6710 
K-t: 4420-4490 
Kreditga sotilgan tovarlar uchun ushlab qolinganda: 
D-t: 6710 
K-t: 4610 
Berilgan qarz (zayom) ushlab qolingan: 
D-t: 6710 
K-t: 6990, 7690 
Moddiy zarar va kamomad ushlab qolinganda: 
D-t: 6710 
K-t: 4630 provodkalari beriladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga badal sifatida tasischilarning mehnat 
haqidan ushlab kolinishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: 
D-t: 6710 
K-t: 4710 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari hisobidan ijtimoiy sug’urta ajratmalarining 
amalga oshirilishi (pensiya fondi va kasaba uyushmasiga) schyotlarda quyidagicha aks 
ettiradi. 
D-t: 6710 
K-t: 6520 
Kassadan to’langan ish haqi, pensiya, nafaqa, mukofot va boshqa to’lovlarni 
berilganda: 
D-t: 6710 
K-t: 5010 
Ishchi xodimlar bilan hisob kitobning analitik hisobi ish haqini hisoblash to’lov 
qaydnomasida yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblash va bu - "ish hakini 
xarajat sifatida tegishli xarajat schyotlariga taksimlash quyidagi bitta murakkab provodkada 
ko’rsatiladi: 
Debet "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti. 
Debet "Yordamchi ishlab chiqarishlar" schyoti. 
 
108


Debet "Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyoti. 
Kredit "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. 
Ish haqi summasini xarajat schyotlariga tarqatish ish haqini taksimlash vedomosti yoki 
mashinogrammasi asosida amalga oshiriladi. Bu vedomost mehnat va ish haqi hisobiga 
tegishli dastlabki xarajatlarga asoslanib tuziladi va unda ish haqi xarajatlariga kaysi 
schyotlar debetlanganligi hamda ish hakining ayrim turlari mukammal keltiriladi. 
Mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobidan ishchilarga mukofot ajratilganda 
quyidagicha buxgalteriyaprovodkasi beriladi. 
Debet "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi 
schyotlar. 
Kredit "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. 
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblarschyotining kreditidagi 
yozuvlar ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiruvchi ro’yxatda, ya’ni 10 va 10/1 - sonli 
jurnal orderlarda aks ettiriladi. 
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyotining debetida, 
xodimlarga ish haqi, mukofotlar, nafaqalar va shu kabilarning berilishi hamda ish haqidan 
soliqlar, xodimlar tomonidan olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, ijro hujjatlari va boshqa 
qonun bilan belgilangan ushlab qolishlar aks ettiriladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarga 
kassadan ish haqi va boshqa to’lovlar berilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi 
beriladi. 
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. 
Kredit "Kassa" schyoti. 
Ish haqining analitik hisobiga oid hisob-kitoblar to’lov vedomostlarida olib boriladi. 
Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarga to’lash uchun hisoblab qo’ilgan summalar 
belgilangan shakldagi kartochka-ma’lumotnomalarda ham aks ettiriladi. Bu kartochka-
ma’lumotnomalarda faqat hisoblab qo’ilgan summalar yozilib, ulardan ta’til pulini, 
vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi uchun beriladigan nafaqa va shu kabilarni to’laganda 
o’rtacha ish haqi miqdorini topish va har xil ma’lumotnomalar berish uchun foydalaniladi. 
Ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishchi va xizmatchilarning shaxsiy schyot 
kartochkalari yuritiladi. Bu kartochkalarga hisob-kitob to’lov vedomostidagi har bir ishchi 
va xizmatchiga tegishli barcha ko’rsatkichlar ko’chiriladi. 
Mehnat va ish haqi hisobi mexanizatsiyalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bitta 
mashinogramma hisob-kitob vedomosti va varaqavasi har bir xodim uchun alohida shaxsiy 
schyot ko’rsatkichlari bosilgan bo’ladi. Bu mashinogrammalardan analitik hisob uchun 
foydalanish maqsadida buxgalteriya ularning har biridan shaxsiy schyotlarni ajratib olib, 
tegishli xodimning konvertiga solib qo’yadi va konvertni kartotekaga ma’lum tartibda 
taxlab qo’yadi. 
 
109


Ishchilarning maxsus dam olish davrlari uchun to’lanadigan ish haqini hisoblash bilan 
bog’liq bo’lgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi alohida xususiyatga ega. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish