2.6. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini hisobga olish
Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati
xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:
•
sotilganida;
•
undan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko’ra hisobdan
chiqarilganida;
•
chet xo’jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslarga bepul berilganida;
•
boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shilganida;
•
moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirilganida;
•
kamomad yoki yo’qotish aniqlanganida.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga
olishning tegishli schyotlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha
chiqib ketishi» hisobvarag’i debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga
sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
hisobvarag’i krediti bo’yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-
«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» schyotlari bilan korrespondentsiyada aks
ettiriladi.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ular bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 0210-
0290-schyotlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
To’liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning sotilishidan ko’rilgan foyda
(zarar) sotish qilinadigan asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati, QQS (faqat
QQS to’lovchilari uchun) hamda sotish xarajatlari va tushumlariga to’g’rilangan, oyning 1-
sanasiga hisoblangan eskirish o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyatida may oyida asosiy vosita hisobdan chiqarildi:
balans qiymati 120000 so’m, eskirish qiymati 30000 so’m.
Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so’m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga
quyidagicha provodka beramiz:
•
dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 200000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so’m.
•
balans qiymati hisobdan chiqarildi:
53
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 120000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 120000 so’m.
•
eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so’m.
•
QQS hisoblab yozildi. QQS summasi asosiy vositalarning shartnomaviy qiymati va qoldiq
qiymati o’rtasidagi farqdan aniqlanadi. Soliqqa tortiladigan oborot 200-(120-30)=110000
so’mdan iborat.
QQS = 110000 * 20 / 100 = 18300 so’m;
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 18300 so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 18300 so’m.
•
Asosiy vositani sotishdan foyda olindi (200000+30000-120000-18300)=91700 so’m:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 91700 so’m.
K-t 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan foyda» - 91700
so’m.
To’liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni bepul berishdan ko’rilgan zararlar
mazkur asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati hamda berilgan oydan oldingi
oyning 1-sanasiga hisoblab yozilgan va berayotgan taraf tomonidan to’lanadigan QQS
summasiga ko’paytirilgan eskirish o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. Boshlang’ich qiymati 70000 so’m bo’lgan stanok boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’ektga bepul berilgan, eskirish summasi-30000 so’m.
Bunda asosiy vositalarning qoldiq qiymati QQSga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanadi,
ya’ni 70000-30000=40000 so’m.
Hisoblab yozilgan QQS summasi=40000*20/100=6700 so’m.
Asosiy vositani bepul berishdan ko’rilgan zarar summasi quyidagiga teng: 70000-6700-
30000=33300 so’m. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beramiz:
•
balans qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 70000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 70000 so’m.
•
eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
54
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so’m.
•
QQS hisoblandi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 6700 so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 6700 so’m.
•
Stanokni bepul berishdan zarar ko’rildi (70000-6700-30000)=33300 so’m:
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 33300 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 33300 so’m.
Mol-mulkni bepul berishdan ko’rilgan zararlar teskari hisoblash yo’li bilan berayotgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektda soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Asosiy vositalar boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektnining ustav kapitaliga badal
sifatida kiritilishi mumkin.
Misol. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav
kapitaliga boshlang’ich qiymati 350000 so’m bo’lgan, 500000 so’m shartnoma bahosiga
ega bo’lgan hamda eskirishi 140000 so’m bo’lgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu
muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi:
•
boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 so’m.
•
eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 140000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so’m.
•
shartnomaviy bozor bahosi bo’yicha uzoq muddatli investitsiyalar:
D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» – 500000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» – 500000 so’m.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |