1 - BOB. PUL MABLAG’LARI VA HISOB-KITOBLAR HISOBI
1.1. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobini tashkil etish
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini xalqaro
miqyosda qabul qilingan andozalar darajasida bo’lishini taqozo qiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni
takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifasidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari harakati jarayonlarini takomillashtirish
masalasi ustida izlanishlar olib borilish lozim. Chunki republikamizda bu jarayonlarda
ayrim muammolar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi
shartnomaviy munosabatlar asoslarda mehnat vositalari va kreditlarini xarid qilish, mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ni sotish-sotib olish bitimlar tuzilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
o’rtasida kengayib bormoqda. Bundan tashqari, byudjet, banklar, sug’urta organlari, turli
jamoat tashkilotlari, xayriya fondlari, bevosita xodimlar va hokazolar bilan to’lov
muomalalari amalga oshirilmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolarning g’oyatda
keng va xilma-xil doirasi bilan amaliy aloqalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining
muntazam va ob’ektiv jihatdan muqarrar shartiga aylanmoqda. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar o’rtasidagi har xil to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar natijasida pul qarzi tusini
olgan mulkiy majburiyat ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Barcha mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari, xoh u
xususiy bo’lsin, xoh qarzga olingan bo’lsin, kassadan o’tuvchi pul qoldiqlari va aylanishdan
foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida
saqlanishi lozim. Bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning schyotlardan pulni o’tkazish va
berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt
o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni o’tkazish haqidagi
farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitoblar ushbu ikki shaklda: naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan va naqd pulli
to’lovlar tarzida amalga oshirilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob
schyotini ochish uchun bankka ariza, notarius tomonidan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va
ustavini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar asosida bank vaqtinchalik hisob-kitob schyotini
ochadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapital badallari summasini qabul qiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tuman xokimligida, adliya boshqarmalarida, auditorlik firmalari
va xorijiy kompaniyalar Adliya vazirligi va soliq inspektsiyasida ro’yxatga olinganidan
so’ng bankka ma’lumotnoma taqdim qiladi so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari hamda
bosh buxgalterning notarius tasdiqlagan imzolari namunalari bo’lgan varaqa doimiy hisob-
4
kitob schyotini ochish uchun taqdim etiladi. Bank muassasasi bosh buxgalteri xo’jalik
yurituvchi sub’ekt ustavining asl nusxasida hisob raqamini ko’rsatgan holda schyot
ochilgani to’g’risida belgi qo’yadi va ushbu faktni gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ekt o’zining hisob-kitob schyotida bo’lgan barcha mablag’larini unga
amaldagi qoidalariga muvofiq berilgan huquqlar doirasida erkin tasarruf etadi.
(“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalari” O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1995 yil 19 avgustdagi majlisida 22-son
bayonnoma bilan tasdiqlangan.)
Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so’ng bank xizmat ko’rsatishi haqida shartnoma
imzolanadi va bank rahbari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektga ma’lum bir hisob-kitob
schyoti nomeri beriladi hamda bank buxgalteriya apparati xodimi tomonidan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari harakati hisobini olib borish uchun joriy schyot
ochiladi.
Hisob-kitob varag’idan to’lovlar mol etkazib beruvchilardan olingan TMZ va asosiy
vositalar, byudjet va sug’urtaga bo’lgan qarzlarini to’lash uchun, ish haqi berish uchun
kassadan naqd pul mablag’lari olinadi va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Har
bir to’lov xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan, ya’ni hisob-kitob varag’i egasi bilan kelishgan
holda amalga oshiriladi, lekin quyidagi hollarda bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob-
kitob schyotidan mablag’larni boshqa tashkilotlardan majburiy asosda echib oladi: moliya
organlarining buyruqlari asosida, agar soliqlarning to’lash muddati o’tib ketgan bo’lsa;
kreditdan foydalanganlik uchun foiz; bank xizmati uchun va hokazo.
Naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda tomonlarning mas’uliyati har bir ishtirokchi
uchun belgilanadi. Masalan, mol etkazib beruvchi uchun bu – shartnomaga va yuklab
jo’natilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul ekvivalentini o’z vaqtida olish,
xaridor uchun – mol etkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi.
Shu bilan birga banklar ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mijozlar oldida qabul
qilgan majburiyatlar bajarilmagani uchun shartnoma asosida moddiy javobgar bo’ladi;
ularning vazifalari – to’lov muomalalarini o’tkazishning belgilangan qoidalariga qat’iy
rioya etilishini amalda ta’minlash, xizmat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
tashkilotlarning ishlab chiqish va to’lov muomalalarini tartibini yanada takomillashtirish
bo’yicha takliflar kiritishdir.
Bank orqali naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan to’lovlar shakli yordamida nafaqat mol
etkazib beruvchilar bilan ulardan sotib olingan moddiy boyliklar uchun yoki xaridorlar bilan
ular sotgan mahsulotlar, bajargan ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar, balki shuningdek
byudjet bilan soliqlar bo’yicha, turli xil debitor va kreditorlar, bosh (asosiy) kompaniya yoki
birlashma bilan (ichki doiraviy, ichki xo’jalik hisob-kitoblar), kasaba uyushma tashkiloti
bilan hisob-kitoblar hamda bir qancha boshqa to’lovlar amalga oshiriladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |