Xalkopirit – CuFeS2. Nomi yunoncha «xalkos» – mis, «piros» – olov ma’nosini bildiradi. (Mis kolchedani) tarkibida – Cu – 34 %, Fe – 30,54 %, S – 34,9 %. U tetragonal singoniyali. Yaxshi kristallari bo‘shliqlarda paydo bo‘ladi. Rangi jez-sariq, to‘q-sariq, ola-bula bo‘lib tovlanadi. U shaffof emas; metall kabi kuchli yaltiraydi; mo‘rt mineral. Xalkopiritga pirit o‘xshash; farqi, rangi va qattiqligi bilan farqlanadi. Xalkopirit HNO3 kislotada parchalanadi va oltingugurt ajraladi. Xalkopirit, pirrotin, petlandit va boshqalar birga intruziv jinslar oralarida magmatogen konlar hosil qiladi. Uni ba’zan gidrotermal konlarda uchratish mumkin. Xalkopirit nurash jarayonlarida parchalanib mis va temir sulfatlarini hosil qiladi.
Xalkopiritning yirik uyumlari skarnlarda hosil bo‘ladi [Turinsk (Rossiya), Olmaliq (O‘zbekiston)] va mis olishdagi asosiy manbalardan hisoblanadi. Sanoatbop ma’danlarda misning miqdori 2–2,5 % bo‘lishi lozim, shundagina qazib olishning imkoniyati tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |