Uglerod guruhi minerallari
Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.
Olmos – S. Nomi grekcha adamas – «yengilmas» degan ma’noni anglatadi. U tabiatda o‘ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub qiyofalarida mavjud (25-rasm). Olmosning oddiy ko‘z bilan payqamaydigan xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat – 0,2 g) va undan ham yirik kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali – 3106 karatli «kullinan», 1905-yilda Janubiy Afrikada topilgan (6-jadval).
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |