369-§. Minerallarning fizik xususiyatlari
Har qanday mineral o‘ziga xos biror xususiyat bilan tavsiflanadi. Ana shu xususiyatiga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratish mumkin.
Quyida minerallarning eng ko‘p aniqlash ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy xususiyatlari ustida to‘xtab o‘tamiz. Bunday xususiyatlarga: morfologik xususiyatlar – kristallarning qiyofasi, qo‘shaloq kristallar, kristall yonlaridagi chiziqchalari; optik xususiyatlar-shaffofligi, rangi, chizig‘ining rangi, yaltirashi; mexanik xususiyatlar-ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, mo‘rtligi, pachoqlanuvchanligi, qayishqoqligi; shuningdek, solishtirma og‘irligi, magnit tortishi, radioaktivligi va boshqa xususiyatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: