Leytsit K[AlSi2O6] – yunoncha «leykos» – «och rangli» degan ma’noni anglatadi. Tarkibida K2O – 21,5 %, Al2O3 – 23,5 %, SiO2 – 55 %, biroz Na2O, Ca, H2O ishtirok etadi. Uning singan joylari shishadek, yog‘langgandek yaltiraydi. Qattiqligi – 5–6; mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 2,5 gacha. Leytsit vulkan jinslariga mansub mineral. U ishqorli piroksenlar (egirin yoki egirin-avgitlar) bilan birga uchraydi.
Lazurit – Na8[AlSiO4]6[SO4]. Tarkibida: NaO – 16,8 %, CaO – 8,7 %, Al2O3 – 27,2 %, SiO2 – 31,8 %, SO3 – 11,8 %. U kubik singoniyali, rangi to‘q ko‘k, binafsha, ba’zan havo rang, shishadek yaltiraydi. Uning qattiqligi – 5,5; mo‘rt; solishtirma og‘irligi – 2,4. U odatda ishqorli, nordon-ishqorli jinslar va ularning pegmatitlarida topiladi. Lazurit ko‘rkam bezak tosh sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |