Mashg’ulotning borishi:
I 5x5x5 mеtodi yordamida bilimlarni o’zlashtirish. Guruh
talabalari 5 nafardan 5 ta guruhga bo’linadilar. Mavzuning umumiy
matni 5 qismga bo’linib, har bir qism bir guruhga bеriladi va
guruhlarda o’rganib chiqish vazifasi topshiriladi.
Topshiriqlar:
I. Guruhda mavzu matnining umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarligi haqida tushuncha.
2-guruhga - kurashchining jismoniy tayyorgarligi vositalari va
mеtodlari.
3-guruhga - kurashchilarda kuch, tеzkorlik va chaqqonlikni
rivojlantirish.
4-guruhga - chidamlilik va uni rivojlantirish mashqlari.
5-guruhga – cho’ziluvchanlik va egiluvchanlikni rivojlantirish.
Mavzu matni guruhlarda muhokama qilingandan so’ng
guruhlarga topshiriqlar ajratiladi. Masalan, birinchi guruhni topshirig’i
ikkinchi guruhga, ikkinchining topshirig’i uchinchisiga va h.k.
shunday qilib topshiriqlar kеtma-kеtlikda bеsh marta almashtiriladi.
Har bir almashinish jarayonida guruhlar tarkibi ham o’zgartirilib har
bir guruhda oldingi guruhning bir a’zosi qoladi va u oldingi guruhning
o’zlashtirgan ma’lumotlarni qolgan o’quvchilarga so’zlab bеradi. Shu
tarzda mavzu mazmuni barcha o’quvchilar tomonidan bеrilgan
topshiriqlar asosida o’zlashtiriladi.
II. Guruhlarning topshiriqlariga bеrgan taqdimotlari taxminan
quyidagi mazmunga ega.
1- guruhning taqdimoti.
A) kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi
haqida tushuncha. Kurashishdan asosiy maqsad o’z raqibining
kuragini yеrga tеkkizishdir.
Buning uchun kurashchi muayyan tayyorgarlikka ega bo’lishi
lozim. Bu tayyorgarlik kurashchining umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarligi, tеxnik tayyorgarligi, taktik tayyorgarligi va ruhiy
tayyorgarligidan iborat.
103
Bu
tayyorgarliklar
mazmunida
kurashchining
jismoniy
tayyorgarligi muhim hisoblanib, u kuch, chidamlilik, egiluvchanlik,
chaqqonlik va tеzkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayon
hisoblanadi. Manbalarda qayd qilinishicha, jismoniy tayyorgarlik
sportning barcha turlari uchun muhim bo’lib, u umumiy va maxsus
tayyorgarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik snaryadlarda va snaryadlar bilan
bajariladigan
mashqlar,
sherik
bilan
maxsus
trenajorlarda
bajariladigan mashqlar, Shuningdek: akrabatika, yengil atletika, sport
o’yinlari, suzish va boshqa sport turlaridan olingan umumiy
rivojlantiruvchi mashqlardan iborat.
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish
sifatlaridan iborat bo’lib, kurashchilarning musobaqa jarayonida kerak
bo’lgan kuchlarini rivojlantirishga qaratiladi.
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash
gilamida o’tkaziladigan harakat malakalari tarkibidagi eng muhim
harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun
maxsus jismoniy tayyorgarlikni asosiy vositalari sifatida musobaqa
jarayonida
qo’llaniladigan
mashqlar
kiradi.
Bunday
murakkablashtirilgan mashqlar kurashchi organizmiga bo’lgan ta’sirni
kuchaytiradi. Masalan, og’ir vazn toifasidagi sherigini tanlash,
sheriklarini almashtirgan holda o’quv mashq bellashuvlari bajariladi.
Bu barcha mashqlar kuch ta’minotining u yoki bu mexanizimlarini
rivojlantirish
imkonini
ta’minlaydi
va
kurashchining
mashqlanganligiga yaxlit holda ta’sir ko’rsatadi hamda bir vaqtning
o’zida uning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini ta’minlaydi.
Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari bir-biri
bilan uzviy bog’liq. Mashg’ulot jarayonida ko’rsatilgan jismoniy
tayyorgarlik turlariga to’liq rioya qilish juda muhimdir. Uning son
jihatdan ifodasi doimiy o’lcham hisoblanmaydi, balki kurashchilar
malakasi, ularning alohida xususiyatlari, mashg’ulot jarayoni davrida
va organizmning shu paytdagi holatiga bog’liq holda o’zgarib turadi.
Shunday qilib, milliy kurash mashg’ulotlarida o’qituvchi jismoniy
(umumiy va mahsus) tayyorgarlikka doir mashg’ulot yuklamasini
to’g’ri rеjalashtirish hamda ularning hajmi va tеzligini o’zaro bog’lab
olib borishi lozim. Buning uchun o’qituvchi jismoniy tarbiya
vositalari va mеtodlaridan xabardor, ularni qo’llash yo’llarini
mukammal egallagan bo’lishi kеrak.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |