"Yorib o’tish" strategiyasi. Bu strategiya ko’pincha ishlab chiqarish
texnologiyasi juda oddiy va ommabop iste'molga mo’ljallangan yangi mahsulotni
bozorga kiritishda qo’llaniladi. Bunda tovar bozorga juda past narxda chiqariladi,
bozorni egallashi bilan normal darajaga qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona
raqobatchilarga nisbatan katta hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo’lgan
hollarda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
"Kirib borish" strategiyasi. Bu strategiya past narxlar orqali yangi bozorga
tez kirib borish uchun ishlatiladi. Mazkur strategiya talabning yuqori elastikligi
vaziyatida yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |