Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi.
Narx belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va korxonaning
takror ishlab chiqarish, shuningdek, investitsion imkoniyatlarini ham kengaytirishdan
iboratdir.
Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda
harakat qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham
bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan etakchi bo’lgan
korxonalarning ta'sirida bo’ladi. Demak, bu erda korxona narxlashtirishning etakchi
orqasidan yurish strategiyasini qo’llashi foydadan holi emas. Albatta, etakchi
vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |