Muammoli maqsad. Sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin
ko’paytirish:
- mahsulotga bo’lgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
- ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni;
- eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi.
Innovatsion maqsadlar - bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi
texnologiyani joriy qilish buyicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir.
Masalan, tadqiqot bo’limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo’lishi mumkin: "1
iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sinovdan
o’tkazishni ta'minlash".
Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik
muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |