environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik
muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida
qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan
toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi.
12.4. Marketingning funktsiyalari va tamoyillari
Marketing mohiyatini anglashda uning eng harakterli tomonlarini tushunib
olish kerak: uning asosiy sub'ektlari, marketing munosabatlarining ishtirokchilari
kim, marketing nimalar bilan ishlaydi, uning ob'ektlari qanday, u qanday vazifalarni
hal qiladi va uning funktsiyalari va tamoyillari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |