Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-Mavzu. MARKETING STRATEGIYASI VA REJALASHTIRISH



Download 0,59 Mb.
bet114/158
Sana29.03.2023
Hajmi0,59 Mb.
#923088
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158
Bog'liq
menejment va marketing asoslari

12-Mavzu. MARKETING STRATEGIYASI VA REJALASHTIRISH


12.1.Marketing tizimida tovar tushunchasi, tovar siyosati va uning o’rni


12.2.Tovarning hayotiy davri va bosqichlari
12.3.Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi


12.1.Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o’rni.


Tovar ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan va e'tiborni jalb qilish, sotib olish, foydalanish yoki iste'mol qilish maqsadida bozorda taklif etiladigan mahsuldir. Bular turli xil jismoniy ob'ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlar va g’oyalar bo’lishi mumkin. Marketing tizimida u iste'molchilar maqsadli guruhining ehtiyojlarini to’liqroq ta'minlaydigan foydali xususiyatlar yig’indisi, bozorda mahsulotga talabning mavjudligi va sotilish kunining (muayyan narx bilan birgalikda) belgilanganligi sifatida qaraladi. Demak, haqiqiy tovarning uchta asosiy tashkil etuvchilari mavjud:

        • foydalilik;

        • bozordagi obro’-e'tibor;

        • to’g’ri keladigan narx.

Tovarning iste'molchi uchun amaliy jihatdan foydaliligi qator atribut, ya'ni alomatlar (mazkur predmetning muhim ajralmas xususiyatlari) doirasida aniqlanadi. Marketing chegarasida tovarning mulьti-atributiv modeli esa uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha qaror qabul qilish uchun asos bo’lib hisoblanadi. F. Kotlerning tasnifiga ko’ra tovar uch guruh alomatlar (o’lchamlar)ga ega:

  1. Tovarni yaratish g’oyadan, ya'ni iste'molchi oladigan asosiy manfaatni aniqlashdan boshlanadi. g’oya, albatta, biror tayanch ehtiyojga qaratilishi kerak.

  2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni (go’zalligi), narxi, o’rami, markirovkasi, uslubi va sifati haqidagi savollarni, ya'ni real bajarilishini har tomonlama o’ylab ko’rish kerak.

  3. Tovarni sotish, etkazib berish va o’rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish, kafolatlar, kreditlash va rag’batlantirish, ya'ni yordamchi kuch (quvvatlangan tovar) haqida oldindan o’ylash kerak.

J. Lamben (mashhur frantsuz marketologi) tasnifiga ko’ra ko’rsatilgan o’lchamlar yadro (funktsional foydaliligi), periferiya (tovarning asosiy funktsiyasi: tejamkorlik, qulaylik, xizmat ko’rsatish va hokazolar bilan bog’liq bo’lgan) va qo’shilgan xizmatlar (asosiy funktsiya bilan bog’liq bo’lmagan, lekin iste'molni qondirish imkoniyatlarini, misol uchun, yangi tovarni sotib olayotganda topshirilayotgan ishlatilgan mahsulotning narxi hisobiga kengaytiriladigan) deb ko’rsatiladi.
Tovarga baho berishda uning sifati asosiy o’rinda turadi. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:

        • texniki-qtisodiy tavsiflar;

        • tayyorlash texnologiyasi;

        • ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi;

        • mo’ljallanadigan maqsadga mos kelishi;

        • ekologik xususiyatlari (atrof-muhitni himoya qilish talablariga mos kelishi);

        • ergonomik xususiyatlari (inson organizmining tuzilishi va xususiyatlarini hisobga olish);

        • estetik xususiyatlari (tashqi shakli va ko’rinishi, jozibaligi, ifodalanishi).

Tovarning ko’zda tutilayottan xususiyatlarining tahlilini tizimli ravishda amalga oshirish zarur (29-chizmaga qarang).

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish