HUDHUDNING JAVOB BERGANI
Hudhud aytdi:
- Ey, majoziy dunyoga giriftor kishi, sifatdan uzoqlashib, suratga giriftorsan.
Mamlakatda o‘ziga o‘xshashi bo‘lgan shohga podsholik uncha tatimaydi va abadiy emas.
Saltanatga Simurg‘dan o‘zgasi munosib emas. Chunki uning o‘xshashi, sherigi yo‘q, shoh
faqat Uning o‘zidir, tamom. Har bir yurtda o‘ziga o‘xshaganlar bilan talashib yuradigan
itoatkoru hamfikrlari bor shoh asl shoh emas. O’shanday shohasl shohdirkim, uningtengi
bo‘lmasa, qudrat, vafo va boqiylik sifatlariga ega bo‘lsa. Dunyo shohi agar bir nafas
vafodorlik qilmoqchi bo‘lsa, bir nafasdan keyin jafo qila boshlaydi. Kimki unga yaqinroq
bo‘lsa, uning tashvishi ham ko‘proqdir, chunki u har doim shohdan qo‘rquvdadir, joni har
lahza xatardadir. Dunyo podshosi olov kabidir, uning atrofida bo‘lganlar parvonaday
yonib kul bo‘ladilar.
Ey shohlarga yaqinlashgan, qanchalik izzatda bo‘lmagil, ammo shohdan uzoqroq
turganing yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |