www.ziyouz.com кутубхонаси
149
— Ki, ey bechora, sargashtalar, qiynalgan, qon va tuproqqa belangan og‘ushtalar,
aytishingizcha, yuz minglab sipohdan kichik bir to‘da bu yergacha yetib kelibsizlar. Go‘yo
son-sanoqsiz chumolilar o‘ziga podshoh izlab, yelib-yugurganday bo‘libdi. Lekin afsuski,
siz izlayotgan podshoh bu yerda emas.
Bu so‘zlarni eshitib, o‘ttiz qush xafa bo‘lib, umidsizlikka tushdilar, go‘yo abadiy
uyquga ketgan murda holiga tushdilar. Barchalari oliy zotdan iltimos qildilarki:
— Endi bizning qaytish yo‘llarimizda ham omon qolishimiz uchun bir havoriy-
rahnamo, yo‘lboshchi topib bering. Chunki bizning oramizda bunday yo‘lboshchi yo‘q, —
dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |