Bir kuni Sulton Mahmud vayronalarni aylanib, bir bedil, devonani ko‘rdi. U sochlari
to‘zg‘igan, g‘am-anduhga botgan, bag‘rini toshga berib yotgan edi.
Bedil devona shohni ko‘rib, dedi:
— Yuz during bo‘lsa ham, bu yerdan uzoq bo‘l. Sen podshoh emas, dunhimmat,
pastkash, Allohning berganiga qanoatsiz, kufroni ne’mat odamsan, yaxshisi yo‘lingdan
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
131
qolma.
Sulton Mahmud devonaga dedi:
— Meni kofir dema, avval ikki og‘iz suhbatlash, keyin kofir desang mayli.
Devona aytdi:
— Hali ham tushunmadingmi, ey bexabar. Agar bilsang barchamiz tuproqdanmiz,
oxiri yana tuproqqa aylanamiz. Ushanda sen bilan men yaqin bo‘lishimiz mumkin.