Muhtasib may ichib mast bo‘lgan odamni jazolash uchun uni tayoqbilan urardi.
Mastdedi: «Ey muhtasib, sen to‘polon qo‘tarib, g‘avgo qilma. Chunki sen meni bir harom
o‘lgan molday bu yerga keltirib, yo‘l o‘rtasida tashlading. Ko‘rinadiki, sen mendan
mastroqdirsan. Ammo sening mastligingni birov ko‘rmaydi. Insofi bor odamni mard
deyish mumkin, insofi bo‘lmasa u fosiqi beor kabidir. Menga jabru jafo qilishni to‘xtat,
o‘zingni ham biroz qamchilab, insof-adolatni o‘rgan.