www.ziyouz.com кутубхонаси
88
YIGIRMA YETTINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSHNING UZRI
Boshqa bir qush dedi:
- Ey, pok e’tiqodli Hudhud, bir nafas ham murodu maqsadimga yetmadim. Butun
umrim g‘amda o‘tdi, olam ishlariga asiru bandaman. Qonli dilimda qanchadan-qancha
g‘am-alam bor, g‘amim zo‘ridan har zarra motamdadir. Hamisha hayron va ojizman.
Kofir bo‘lay agar biror lahza shodlik ko‘rgan bo‘lsam. G’am bilan o‘zimni yo‘qotgan, o‘zi
bilan o‘zi ovora odamman, bu ahvolda telbalarday qanday qilib yo‘lga kiraman? Agar
bunday g‘amga botmaganimda, bu safardan balki dilim xurram bo‘larmidi. Ammo nima
qilay, ko‘nglim qonga to‘lgan, senga ahvolimni tushuntirdim, endi ayt, nima qilay?
Do'stlaringiz bilan baham: |