www.ziyouz.com кутубхонаси
82
ko‘zi qalbga o‘q otganday jozibali edi, otilgan o‘qlar esa yuraklarni qon qilib chiqyb
ketardi.
To‘satdan shogird yigitning qo‘zlari o‘shal sohibjamol kanizak yuziga tushdi. Bir
damda uning husnu jamoliga maftun bo‘lib qoldi. Ko‘ngli ixtiyorini qo‘ldan berdi.
Shogird o‘ziga o‘zi dedi:
- Shu oy yuzli shogirdi bo‘lsam bas edi, unndan boshqa ustoz menga kerak emas.
Uning yo‘lidan ko‘z uzmasman, mening ishqim — shogird, uning husni esa — ustozim.
Yigit o‘z ustozining darslarini tark etdi, sabru qarori-ni yo‘qotib, kanizakka bo‘lgan
mehri qundan-kun orta berdi. Za’faron shoxasiday yuzi darddan sarg‘aydi, hoddan toyib
yotib qoldi. Ishq kelib aqlni bosib oldi, oshiqni jonidan bezor qildi. Ko‘plar ilmu donishni
to‘pladilar, ammo bir zarra ishq ularning barini barbod etdi. Zohir ilmi kibru g‘avgo
keltirar, ishqibozlik o‘rtanish va devonalik keltiradi. Kimki ilmni ishqsiz topgan bo‘lsa,
uning ilmi mol-dunyo va mansab muhabbatiga sarf bo‘ladi.
Alg‘araz, shogird ishq savdosida o‘rtanib, gulni tikandan ajratolmay kecha-kunduz
ohu nola chekardi. Oqibatda bira to‘la xastalanib, ojizu nochor holda to‘shakka mixlanib
qoldi. Shogirdning kanizakka oshiqligi ustozga ma’lum bo‘ldi. Ustoz aqlini ishlatib,
hiylavu hikmat yo‘lini tutdi: avval ul kanizakning ikki qo‘lining tomirini kesib, qon ola
boshladi, so‘ngra bir dori berdikim uning oqibatida qizda hayz yuz berdi. Natijada
kanizakning yuzi oltin rangiday sarg‘ayib so‘ddi, gulday yashnagan yuzi za’faron
bargiday bo‘ldi. Uning chehrasida ilgarigi zebolik qolmadi, yuzlarining tarovati ham
yo‘qoldi. Husnidan biror nishona qolmadi. Kadah sindi, soqiy ketdi. Kanizak vujudidan
tashqari chiqqan fasodlarni tog‘oraga soldilar. Ustoz ziyrak shogirdni chaqirtirib keldi.
Kanizakni parda orqasiga o‘tqazdi. Shogird uning yuziga qaradi, so‘nfa andomiga nazar
soldi. Bu ishdan hayron bo‘ldi, chunki ilgari ko‘rgan zebo qiz yo‘q edi. Unga yana bir
qaradi-yu ko‘ngli sovudi, ishqni unutib, avvalgiday tahsilga mashg‘ul bo‘la boshladi.
Ustoz shogirdining qutulganini ko‘rdi, uning g‘amu tashvishi arib, avvalgi shodligi
qaytgan edi. Ishq olovi so‘nib, shogird sovudi va ranju dardi ketib, tuzalib qoldi.
Ustoz o‘shal tog‘orani keltirishni buyurdi. Tog‘orani shogird oldiga qo‘yib, dedi:
- Ey barno yigit, ishing yaxshi-likka yuzlandi, beqaror bo‘lding va yana qaror topting,
ul ishq yo‘lidagi o‘rtanish — yonishlaring qani, shumliklar, behayoliklaring qani? Ul
sanam doim sen bilan bo‘ladi, sen u bilan hamisha ishrat qilasan deb orzu qilarding.
Nimadan yuzing uning ishqida sarg‘ardi va yana nega ishqing olovi so‘nib sovuding?
Buning sababi nima? Holbuki sen ham o‘sha, kanizak ham o‘sha-o‘sha. Ammo
kanizakdan faqat bir narsa kamaydi, ya’ni tog‘oradagi fasodlar. Seni maftun etgan,
devonayu mubtalo qilgan narsa shu edi. Bu narsa kanizakdan ajralgandan keyin,
sendagi ishq va uning savdosi ham sovudi. Sen kanizakka qarab ohu nola chekarding,
darhaqiqat, aslida, shu tog‘oradagi qon va fasod oshig‘i ekansan. Sen juda befarosat
chiqding, axir qon va najosat oshig‘i ekanliging ma’lum bo‘ldi.
Ul shogirdning ahvoli o‘zgardi va tavba qilib, ilm takroriga o‘tirdi. Kimki suratga
sig‘inishni maqsad qilsa, albatta bu ma’nolar, sifatlarni anglab yetmaydi. Suratning asl
mohiyati sening shaytoniy nafsingdur. Ma’noning asli sening ruhoniy joningdir. Sifat
ishqida suratni tark et, toki senga ma’rifat oftobi porlab ko‘rinsin. Suratingfasod va
qondan boshqa narsa emas. Suratga sig‘ingan kishi teran fikrlovchi kishi emas, balki
zohirbindir. Fasod va qondan zebolik topgan jam’i narsalarga mubtalo bo‘lish devonalik-
dir. Qachongacha, ey ayb izlovchi kishi, surat atrofida aylanasan, Husn G’aybdadir,
husnni G’aybdan izla!
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |