Ontologiya -
borliq haqidagi ta’limot. Falsafaning borliq to’g’risidagi
fundamental tamoyillarini o’rganuvchi sohasi.
Borliq -
Bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan tortib, inson
hayoti, ongi, kishilar faoliyatining barcha ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari, hatto
jamiyatda sodir bo’ladigan butun jarayonlardan iborat hamma realliklarni o’z
ichiga oladi. Falsafiy kategoriyalar ichida boshlang’ich kategoriyadir.
Substansiya -
lotincha mohiyat ma’nosini anglatadi. Falsafada narsalarning
mohiyati to’g’risidagi tushuncha.
Materiya -
Moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash
uchun qo’llaniladigan falsafiy tushuncha bo’lib, ob’ektiv borliqni real shaklini
ifodlaydi.
Dialektika -
Dunyoni bilishning umumiy usulidir.
Sofistika -
yunoncha - ataylab xato asoslar asosida ko’p ma’noli suzlarga
asoslanib fikr yuritish - bilib turib, xato asoslardan yolgon xulosa chiqarishdir.
Eklektika -
yunoncha tanlayman. Тurli qarama-qarshi nazariyalarni,
qarashlarni aralash-kuralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.
Dogmatika -
yunoncha kotib kolgan ma’nosini anglatib, konkret shart-
sharoitlarni hisobga olmay qo’llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.
Yakkalik -
alohida narsa va hodisagagina xos bo’lib, bu narsa va hodisani
boshqa narsa va hodisadan fark qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va
xususiyatlar birligidir.
Mohiyat -
narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o’zaro bog’lanishlari,
shu bog’lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi.
Hodisa -
narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va
bog’lanishlarning namoyon bo’lish shaklidir.
Mazmun -
narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida
ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar va o’zgarishlarning majmuidir.
Shakl -
mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini ifodalovchi,
narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidir.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |