Microsoft Word mahtumquli ziyouz com doc



Download 368,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet157/162
Sana25.09.2021
Hajmi368,41 Kb.
#185274
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Bog'liq
131mahtumqulisaylanmapdf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
 
Tongla maqshar noskashi bir yerga eltar, benavo, 
Oqibat etgay uni dardu baloga mubtalo, 
Bandasidan qilgusi bir-bir savolini Xudo, 
Telmurib turmoqdan o‘zga chora toptirmas ango, 
Yuzlari misli qozonday qora bo‘lgan noskash. 
 
Burnin eshak burniday tilgay farishta noskashing, 
Aytur: «Ey farzandi Odam, boshga tushdi tashvishing, 
Qaydadir, uqbo yo‘liga taqdim etgan peshkashing, 
Dunyoda ravshan ko‘zing, anduqgin bo‘ldi boshing» – 
Degach ul kun, oq urib, afkora bo‘lgan noskash. 
 
Nos halol deb ba’zilar, bunday xayolni xom etar, 
Yo‘q qilib qancha pulin qam, ko‘nglini orom etar, 
Burnidan oqsa najas, har dam qusuli kom etar, 
Bas, o‘zi bilmay, jaqonda o‘z-o‘zin badnom etar, 
O’zni bilmay, ushbudek raftora bo‘lgan noskash. 
 
Bir so‘mi bir ajdaho bo‘lgay qiyomatning kuni, 
Aytishur: «Kayf yo‘liga sen nega sarf etding muni?» 
Qech ilojin topmayin, ohziga tutgay dastini, 
Qichqirib faryod etar, zaqrini solgay dushmani, 
Naylar, ul kun do‘zaxa nazzora bo‘lgan noskash. 
 
Ajdaqoning zaqridan ul noskash g‘amnok bo‘lur, 
Kayfni qol bilgan kishining diydasi namnok bo‘lur, 
Shiddatidan o‘t ichinda noridan ko‘ylak bo‘lur, 
Ko‘rsa ul qar ne alomat, qar qachon muqlak bo‘lur, 
Topmayin qargiz iloj, bechora bo‘lgan noskash. 
 
Mujtaqid qavli, hadisi anbiyodir: noskash, 
Har qachon kelsa boshiga qaddi nayza ul quyosh, 
Tashnalikdan og‘zin ochib, it kabi bo‘lgay atash , 
Har nafasda nafti nos birla bo‘lolmas chorakash, 
Aytadir Maxtumquli: «Xunxora bo‘lgan noskash!» 
 
 
G’IYBATCHI 
 
Mahshar kuni shikoyat bor tilingdan, 
Rasvoliging shudir sening, g‘iybatchi! 
Umring yelga berma, ozma yo‘lingdan, 
Ranjitmagil eling, kuning, g‘iybatchi! 
 
Bulutdek o‘kirib, chaqindek gurlar, 
Goqi muzdan taxtlar, olovdan yerlar, 
Xachirdek chayonlar, bug‘rodek morlar, 
Badaningdan so‘rar qoning, g‘iybatchi! 


Saylanma. Maxtumquli 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
 
Qoling ko‘rib, qayron bo‘lib yig‘larlar, 
Seni Sijjiyn otli joyda bog‘larlar, 
Tiling tortib, temir bilan dog‘larlar, 
Qora bo‘lar ul Kun kuning, g‘G’iybatchi! 
 
Yomon so‘z ajratar yaxshi do‘stingdan, 
Gunoqing yuklari bosar ustingdan, 
Jaqannam ichinda tamug‘ ostindan 
Falaklarga chiqar uning, g‘iybatchi! 
 
Malaklar, ko‘tarib gurzi urarlar, 
Andomingdan suvdek oqar zaqarlar, 
Vashillab turgaydir yoningda morlar, 
Qaqshatib so‘rilar taning, g‘iybatchi! 
 
Bir dam qutulmassan do‘zax norindan, 
Taningga o‘ralgan ilon zaqrindan, 
Shul azobda qasratingdan, zoringdan 
Falaklarga uchar uning, g‘iybatchi! 
 
O’rin berar senga, eltib bir joyda, 
Kuning kechar kecha-kunduz oq-voyda, 
Azobing orttirar sening har oyda, 
Chilimkash hamrohing – yoning g‘iybatchi! 
 
Ro‘siyosan mahshar kuni Karimga,  
Alloh savobingdan olar jarima, 
Iymonsizdek ko‘rib, eltar jaqimga, 
Gila etar sendan joning, g‘iybatchi! 
 
Maxtumquli aytar: elning – ko‘zindan 
Qolib, gar xor bo‘lsang, ko‘rgil o‘zingdan, 
Tilingni tiymasang harom so‘zingdan, 
Butkul barbod bo‘lur dining, g‘iybatchi! 
 
 

Download 368,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish